Burdaguy
Burdaguy, Bardagvi, Pardagvi (qad. yun. pandoki — mehmonxona) — Amudaryoning qad. kechuvi hamda Iskandar Maqduniy tomonidan kurilgan qalʼa nomi. B.da hunarmandlar, xususan kema va qayiq yasovchilar yashaganlar, ular "shoh kechuvi"dan oʻtuvchilarga xizmat koʻrsatishgan. B. 15-asrda yirik shahar boʻlib, hatto Termiz bilan raqobatlashgan. 17-asr manbalarida B. kechuvi Yargox yoxud Yardagʻu shaklida uchraydi. Iskandar aynan mana shu kechuv orqali asosiy qoʻshini bilan Amudaryodan oʻtgan deb hisoblanadi. Kushon podshaligiiing soʻnggi davrida vujudga kelgan B. shahri ilk va rivojlangan oʻrta asrlarda yuksalgan, 20-asr boshida ham B. arkida hayot soʻnmagan. Bu yerdan arablardan avvalgi davrga mansub podshoning taxtda oʻtirgan holdagi tasviri tushirilgan sopol parchasi topilgan. B. kechuvidan, Amudaryoning oʻng qirgʻogʻidan shim. tomon qad. yoʻllar boshlangan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |