Leonard (Leon, Lev) Leonardovich Bure (1887.21.6 — Samarqand — 1943.30.12) — rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1939). Ijodini manzara va hajviy (karikatura) asarlar yaratish bilan boshlagan. 1911-yilda Samarqand Fuqarolar kengashi zalida namoyish etgan 100 ta hajviy asari chorizmning mustamlakachilik siyosatini fosh etadigan asarlar boʻlgani uchun taʼqib ostiga olingan. "Eski Buxoro" (1907), "Buxoroda uch kishining qatl etilishi" (1907, yana bir nusxasi 1940), "Samarqanddagi Sherdor madrasaning hovlisi" (1913. yana bir nusxasi J 929), "Registon maydoni" (1917; 264betdagi rasmga q.), "Amir Temur maqbarasi" (1918), "Ulugʻbek madrasasining hovlisi" (1926) asarlari Oʻzbekistonning oʻtmishiga va msʼmoriy yodgorliklarini tasvirlashga bagishlangan. "Mashrab", "Mushfiqiy", "Bigiz" hajviy jurnallarida faol qatnashgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil