Bureya (ruscha: Бурея; evenkcha: Ниман-бирра, evenklar tilida birra — daryo) — Rossiya Federatsiyasi Xabarovsk oʻlkasi va Amur viloyatidagi daryo. Amur daryosining chap irmogʻi. Oʻng Bureya va Chap Bureya daryolarining koʻshilishidan hosil boʻladi. Uzunligi 623 km, havzasining maydoni 70,7 ming km². Bureya yuqori oqimida togʻ daryosi boʻlib, quyi qismida ZeyaBureya tekisligiga chiqadi. Asosan yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Bureya oktabrda muzlab, aprelda muzdan boʻshaydi. Eng yirik irmoqlari — chapda Urgal, Tirma. oʻngda — Tuyun, Niman. Bureya da quyilish joyidan 197 km masofada kema qatnaydi. Oʻrtacha suv sarfi 940 m³/sek., eng yuqori darajadagisi 18100 m³/sek. Yogʻoch oqiziladi.

Bureya
ruscha: Бурея, evenkcha: Ниман-бирра
Tavsif
Uzunligi 623
Maydoni 70 700 km²
Suv sarfi m³/s
Suv oqimi
Quyilishi Amur (daryo)
Joylashuvi
Davlat Rossiya
Bureya

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil