Burgut choʻqqisi operatsiyasi (pashtucha Oqab Tsuka) – ISAF va Afgʻoniston milliy armiyasi qoʻshinlari tomonidan Tolibon isyonchilari nazorati ostidagi hudud orqali Hilmand viloyatidagi Kajaki toʻgʻoniga 220 tonnalik turbinani tashish maqsadida oʻtkazilgan harbiy operatsiya. Operatsiya koalitsiya uchun muvaffaqiyatli yakunlangan. Unga koʻplab Britaniya qoʻshinlari jalb qilingan va Ikkinchi Jahon urushidan keyingi Britaniya armiyasi tomonidan amalga oshirilgan eng yirik logistik operatsiyalardan biri boʻlgan[3]. Operatsiya oʻz nomini 16-havo hujumi brigadasining nishonida tasvirlangan burgutdan olgan[4].

Burgut choʻqqisi operatsiyasi
Afgʻonistondagi urush (2001–2021)ning bir qismi
QRL_Helmand_2.JPG
Sanalar 2008-yil avgust — 5-sentabr
Urush yeri Qandahor va Helmand viloyatlari, Afgʻoniston
Natija Koalitsiya gʻalabasi
Raqiblar
Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya
Afgʻoniston Afgʻoniston Islom Respublikasi
Kanada Kanada
Qoʻshma Shtatlar AQSh
Daniya Daniya
Avstraliya Avstraliya
Fransiya Fransiya
Niderlandiya Niderlandiya
Afgʻoniston Tolibon
Qoʻmondonlar
Mark Carleton-Smith ?
Kuchlar
Birlashgan Qirollik 2,000
Afgʻoniston 1,000
ISAFning boshqa kuchlari: 1,000
Jami: 5,000
nomaʼlum
Yoʻqotishlar
Kanada 1 qurbon, 7 yarador[1]
Qoʻshma Shtatlar 2 yarador
Afgʻoniston 2 yarador
200 qurbon (NATO maʼlumoti)[2]
Kajaki toʻgʻoni Hilmand vodiysini ichimlik suvi, elektr energiyasi va sugʻorish suvi bilan taʼminlaydi.

Kajaki toʻgʻonini tiklash

tahrir

Hilmand vodiysi maʼmuriyati tasarrufidagi Hilmand va Qandahor viloyatlari aholisini elektr energiyasi va sugʻorish suvi bilan taʼminlash maqsadida[5] Qoʻshma Shtatlar Eksport-import banki krediti hisobidan Kajaki gidroelektr toʻgʻoni 1953-yilda qurib bitkazilgan. Unda uchta turbina joylashtirilishi kerak edi. Lekin ularning faqat ikkitasi oʻrnatildi va uzoq yillar davom etgan fuqarolar urushidan keyin 2001-yilga kelib faqat bittasi ishlayotgan edi[6]. 2004-yilda Qoʻshma Shtatlar toʻgʻon quvvatini tiklash va ishlab chiqarish quvvatini 53 megavattga yetkazish boʻyicha amaliy ishlarni boshladi. Bitta turbina 2005-yilda taʼmirlangan, biroq toliblar nazorati ostidagi hudud orqali Kajakiga yangi turbinalarni yetkazib berish qiyinchiligi tufayli restavratsiya toʻxtab qolgan edi. Restavratsiya ishlarini davom ettirish esa keng koʻlamli harbiy operatsiyani talab qildi.

Muqobil marshrut

tahrir

TF Helmand (yetakchi rejalashtiruvchi) operatsiyaga tayyorgarlik koʻrishda toʻrt oy davomida HQ RC(S) va TF Qandahor bilan hamkorlikda ishladi. Ular eng maʼqul yoʻnalish boʻlgan 611-marshrutni chetlab oʻtishni rejalashtirishgan. Chunki bu yoʻl bir nechta Tolibon istehkomlari oralab oʻtgan va bu yoʻl isyonchilar tomonidan qoʻyilgan portlovchi qurollar va Afgʻonistondagi Sovet qoʻshinlaridan qolgan minalar bilan toʻldirilgan edi. Buning oʻrniga ular operatsiyadan bir necha hafta oldin Pathfinder platoon tomonidan xaritaga kiritilgan „Harriet marshruti“ kodli marshrut boʻyicha turbinani choʻl orqali olib oʻtishni rejalashtirishgan. Britaniyaliklar konvoyning xavfsiz oʻtishini muhokama qilidilar. Baʼzi hollarda mahalliy oqsoqollarga naqd pul tarqatishdi, ammo barcha urinishlarga qaramay kelishuvlar amalga oshmadi[7].

Xitoyda ishlab chiqarilgan turbina 27-avgustga oʻtar kechasi Qandahor aeroportiga yetkazilgan va Kanada qoʻshinlari safarning birinchi qismida choʻldagi uchrashuv nuqtasiga yetib borgunga qadar uni olib kelishgan va u yerda Britaniya kuchlari tomonidan qabul qilib olingan. Britan qoʻshinlari turbinani Hilmand orqali yoʻlning oxirgi qismidan olib oʻtishlari lozim edi. Yuklar har birining ogʻirligi 30 tonna boʻlgan yettita alohida boʻlaklarga ajratilgan va HET yuk mashinalarida olib ketilgan.

Yuklar Britaniya qoʻshinlariga topshirilgandan soʻng toʻrt kilometrga choʻzilgan 100 ta mashinadan iborat asosiy karvon yoʻlga tushgan. Unda 50 ta Viking BTR, shuningdek, Jackal va Mastiff avtomobillari bor edi. Barcha jangovar logistik patrul guruhlarida boʻlganidek, ushbu karvon ham uchta asosiy guruhdan iborat edi. Muhandislar guruhi (9 parashyut otryadi RE), qoʻmondonlik guruhi (CO 13 havo hujumini qoʻllab-quvvatlash polki RLC) va turbina yetkazuvchi guruh (15 havo hujumini yaqindan qoʻllab-quvvatlash eskadroni RLC). Karvon tarkibida sakkizta muhim transport vositasi bor edi:

  • Toʻrt transformer
  • Ikki stator
  • Bitta yuqori Bracket Assembly
  • 80 tonnalik kran

Hujum vertolyotlari doimiy kuzatuvni taʼminladi. Havo yordami AQSh, Fransiya va Gollandiya samolyotlari bilan amalga oshirildi. Jangovar muhandislar konvoy harakatlanishi kerak boʻlgan yoʻlni qurish va mustahkamlash orqali yordam berishdi[6].

Parashyut polkining vertolyot qoʻshinlari konvoyning yoʻli boʻylab harakatlanib, xavfsizlikni taʼminladi[8][9].

Shu bilan birga, 30 dan 40 gacha Daniya avtomashinalaridan iborat soxta karvon Tolibonni „Garriet“dan chalgʻitish uchun 611-magistral boʻylab Parashyut polkining 1-batalyoni hamrohligida oldinga yurdi[8].

Marshrutning soʻnggi qismida asosiy karvon 611-magistralga qayta qoʻshilib, 200 ga yaqin isyonchi harakatlanayotgan 4,5 milyalik hududni bosib oʻtishi kerak edi. Hududni tozalash vazifasi 388 nafar ANA askarlari va ularning 42 nafar murabbiylaridan iborat boʻlgan Irlandiya Qirollik polkining operativ murabbiylik va aloqa guruhiga topshirildi. NATO artilleriyasi, jumladan, MLRS raketalari va koalitsiya samolyotlari yordamida uch kunlik intensiv bombardimondan soʻng yoʻl isyonchilardan tozalandi va karvon 3-sentabr kuni tonggi soat 2:30 da oʻz manziliga yetib borishiga imkon yaratildi[4]. 180 km masofani bosib oʻtish uchun besh kun kerak boʻldi. Bu vaqt davomida konvoy juda kam hujumlarga uchragan va Tolibon harakati natijasida hech qanday talofat koʻrmagan. Bu vaqt ichida ingliz artilleriyasi 800 ta 105 mmli snaryad va 54 ta raketa otdi[8]. Britaniyaliklar 200 ga yaqin isyonchi oʻldirilganini daʼvo qilishdi. Ammo buni mustaqil ravishda tasdiqlash imkoni yoʻq edi.

Qurbonlar

tahrir

Kajakidagi yoʻl-transport hodisasida bir nafar britaniyalik askar jarohat oldi, bir kanadalik askar esa bazaga qaytib kelayotganida qoʻlbola portlovchi qurilma portlashi natijasida halok boʻldi va yana yetti nafari yaralandi[10].

Natija

tahrir

Operatsiya NATO tomonidan afgʻon xalqining „hurmatini“ qozonishga hissa qoʻshadigan muhim gʻalaba sifatida baholandi. Helmand ishchi guruhi qoʻmondoni brigadir Karleton-Smit buni Hilmanddagi janglar „boshlanishining oxiri“ deb taʼrifladi[8]. Biroq, 2015-yil fevral oyida Amerika Qoʻshma Shtatlari armiyasi muhandislar korpusi hali qurilishi tugallanmagan toʻgʻon 2016-yil martigacha ishga tushmasligini taxmin qilgan edi[11]. Uning qurilishi mazkur kolonna olib kelgan 220 tonna texnik vositalarga qoʻshimcha ravishda 900 tonnaga yaqin betonga boʻlgan talab bilan bogʻliq edi[12].

Manbalar

tahrir
  1. „Kajaki dam troops return to base“. MoD (2008-yil 9-sentyabr). 2008-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 10-sentyabr.
  2. Leithead, Alastair. „UK troops in huge turbine mission“. BBC (2008-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2008-yil 4-sentyabr.
  3. „Triumph for British forces in Boy’s Own-style Kajaki mission“. afghanistan-un.org (4-avgust 2008-yil). 2021-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-sentabr 2021-yil.
  4. 4,0 4,1 Judd, Terri. „Operation Eagle's Summit: the inside story of a daring foray into Taliban territory“. The Independent (2008-yil 3-sentyabr). 2022-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 4-sentyabr.Judd, Terri (2008-09-03).
  5. Damming Afghanistan: Modernization in a Buffer State, Nick Cullather, Journal of American History, Volume 89, Issue 2, Pp. 512-537.
  6. 6,0 6,1 Yon. „Where Eagles Dare“ (2008-yil sentyabr). 2008-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 7-sentyabr.Yon, Michael (Sep 2008).
  7. „Firefights cleared way for Afghan turbine convoy“. ABC News (Australia) (2008-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2008-yil 4-sentyabr.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 Page, Jeremy. „Triumph for British forces in Boy's Own-style Kajaki mission“. The Times (2008-yil 3-sentyabr). 2011-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 4-sentyabr.Page, Jeremy (2008-09-03).
  9. „British troops complete operation to deliver vital power turbine“. MoD (2008-yil 2-sentyabr). 2008-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 4-sentyabr.
  10. „Sergeant Prescott Shipway“. Canadian Forces. 12-sentabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 13-sentyabr.
  11. „Installation of Turbine Generator Unit 2 at Kajaki Dam Hydropower Plant (Kajaki Unit 2)“. US Aid (17-avgust 2015-yil). 2019-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-oktabr 2015-yil.
  12. Boone. „Taliban stalls key hydroelectric turbine project in Afghanistan“. The Guardian. Qaraldi: 18-oktabr 2015-yil.