Burhoniddin (15-asr) -oʻzbek shoiri. Alisher Navoiy "Majolis unnafoioda B. haqida maʼlumot berib, "Hiriy shahrining buzurgzodalaridindur, donishmand va xushtaʼb va sabukruh kishidir", deb baholagan.

U Shohrux Mirzo madrasasida dars bsrgan. Muammo janrida shuhrat topgan. Abulqosim Bobur Mirzoga bagʻishlab "Javohir ulasmo" muammo risolasini yozgan. Navoiy va Darvesh Alilarga atab ham muammolar bitgan. 1469-yilda Husayn Boyqaro Navoiyni muhrdor tayin etganida yozgan bagʻishlov muammosi mashhurdir.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil