Gʻozi Ahmad Burhoniddin
Gʻozi Ahmad Burhoniddin (1344 Sivas — 1398) — turk shoiri, olim, davlat arbobi. Shom (Suriya) va Misrda tahsil olgan, arab, fors tillarini mukammal oʻrgangan. Vataniga qaytgach, Sivasda qozi, soʻng shu viloyat hokimi. Davlat ishlarida adolat va muruvvat yoʻlini tutishga harakat qilgan. Gʻazal, ruboiy, tuyuq va boshqa janrlarda yozgan. Hayot va muhabbat lirikasi bilan bogʻliq dunyoviy mavzular, inson qalbining nozik kechinmalari sheʼrlariga xos yetakchi xususiyatdir. B. turk sheʼriyatida tuyuq jakrini rivojlantirgan. Sheʼrlarini toʻplab devon tuzgan (1394). Devonining qoʻlyozma nusxasi Britaniya muzeyida saqlanadi. Istanbulda nashr etilgan (1943). 12 tuyugʻi sharqshunos T. M. Melioranskiy tomonidan rus tiliga tarjima qilingan (1895, Peterburg). B. "Tarjix uttavzih" ("Izohustunligi"), "Iksir uladati fi Asroilibodati" ("Odat mohiyati ibodat sirlarida") asarlarini arab tilida yozgan.[1]
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Orzibekov R., Tuyuq poetikasi, T., 1985.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |