Oyrajab Burhonova (1957.10.3, Kattaqoʻrgʻon tumani Doʻstlik qishlogʻi) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Toshkent pedagogika institutining badiiygrafika fakultetini tugatgan (1976). 1976-yildan Goʻzalkent tumanidagi 12maktab boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, ilmiy boʻlim mudiri, 1998-yildan maktab direktori. B. darslarda oʻzi tayyorlagan 4000 dan ortiq koʻrgazmali quroldan, shuningdek "Peleng", "Leti60 M" filmoskoplaridan foydalanib, darslarni samarali oʻtadi; oʻquvchilar bilimini reyting usulida baholashni joriy qilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil