Burj — devorga tashqi tomondan tirgak sifatida ishlangan qurilma. Qalʼa devorlariga tutashgan minora shaklidagi qoʻshimcha bino. Burjlar ustida va ichkarisida maxsus xonalar boʻlishi mumkin. Mudofaa maqsadida qurilgan maxsus Burjlar ham boʻlgan. Buxoro, Xiva meʼmorligida koʻp qoʻllanilgan. Baʼzan oʻrniga qarab guldasta, minora deb ham nomlanadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil