Burmachap qabristoni — koʻchmanchi chorvador qabilalar (hunnular) antik davr yodgorligi (miloddan avvalgi 1-asr—milodiy 1-asr). Burmachap qishlogʻi (Qirgʻiziston)dan topilgan. Burmachap qabristoni ni 1944—45 yillarda A. N. Bernshtam tekshirgan. Burmachap mozorlari har xil hajmdagi (kattalarining maydoni 30x30 m, balandligi 8 mh kichiklarining maydoni 12x12 m, balandligi 0,80 m) tuproq uyumidan iborat. Burmachap qabristoni da 5 mozor ochib koʻrilgan. Mozorlardan xurmacha, piyolasimon sopol idish, toʻrt oyokli yogʻoch kursi, temir taqinchoqlar topilgan. Bir mozorda murdaning bilaklaridagi kumush halqa, oyoqlaridagi rangbarang shisha munchoqaar, hatto uning jun va ipakdan toʻqilgan kiyimi parchalari saqlangan. Burmachap qabristoni yodgorliklari Oʻrta Osiyoning antik davriga oid moddiy madaniyatini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil