Burnonit (fransuz mineralogi J. L. Burnon nomidan) — murakkab sulfidlar kenja sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi CuPbSbS3. Baʼzan temir (5% gacha) va kumush (3% gacha) qoʻshimchalari boʻladi. Rombik sistemada kristallanadi. Rangi poʻlatsimon kulrangdan qoragacha. Yoʻgʻon ustunsimon va gʻildiraksimon qoʻshaloqliklar koʻrinishida. Moʻrt. Qattiqpigi 3— 3,5. S. ogʻ. 5,7—5,9. Soʻniqmis rudalari, pirit, xalkopirit, galenit, sfalerit bilan birga mispolimetall, gidrotermal konlarining murakkab tiplarida uchraydi. B. nurashga uchraganda serussit, malaxit va surma oxralari hosil qiladi. Konlari Oʻrta Osiyo, Rossiya Federatsiyasi (Zabaykalye va boshqalar), Avstraliya, Janubiy Amerika mamlakatlarida bor. Oʻzbekistonda Qurama (Qoʻshbuloq oltin koni), Chatqol togʻlarida (Ustarasoy vismut koni) va jan.da (Xondiza polimetall kon i) da uchraydi. B.dan qoʻrgʻoshin va mis olinadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil