Burquttepa

Oʻznekistonning Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan madaniy meros obyekti

BurquttepaOʻzbekistonning Navoiy viloyati, Karmana tumanida joylashgan tepalik, qadimiy shahar oʻrni va arxeologiya yodgorligi. Mil. avv. III-II, V—VIII asrlarga oid. Manzili: „Yangi ariq“ MFY, Qiziltom qishloq aholi punkti. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1][2].

Burquttepa
Joylashuvi Navoiy viloyati, Karmana tumani
Koordinatalar 40°08′18″N 65°23′38″E / 40.13833323104304°N 65.39398486882286°E / 40.13833323104304; 65.39398486882286
Turi tepalik, qadimiy shahar oʻrni
Qarovchi Davlat muhofazasiga olingan
Map
Burquttepa xaritada
Burquttepa Vikiomborda

Burquttepa Karmananing eng qadimiy manzilgohlaridan biri hisoblanadi. U Karmana shaharchasidan 1 km sharqda, Buxoro—Samarqand yoʻlining oʻng tarafida, Karmana tumanidagi 6-umumtaʼlim maktabining yonida joylashgan[3].

Arxeologik oʻrganishlar

tahrir
 
Burquttepa arxeologiya yodgorligidan topilgan 2300 yillik xum. Hozirda Navoiy viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida saqlanadi.

Burquttepa hududida 1999—2002-yillarda Karmana shaharchasining yoshini aniqlash boʻyicha arxeologik qazishma ishlari olib borilgan. Qazishmalar davrida Burquttepadan miloddan avvalgi V—IV asrlarga oid ashyolar topilgan. Topilmalar ichida miloddan avvalgi IV yoki III asrga oid, boʻyi 90 sm, tub qismining diametri 30 sm, qorninig diametri 75 sm, ogʻzining diametri 60 sm ga teng xum diqqatga sazovordir. Bu xum hozirda Navoiy viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida saqlanadi[3].

Arxeologik qazishmalar natijasida Burquttepa katta bir qoʻrgʻon boʻlganligi, Karmananing qadimgi oʻrni shu yer ekani taxmin qilingan[3]. Burquttepa ark va shahristondan iborat. U yerdan butun xum va unga yoʻnaltirilgan quvur topilgan. Bu xum va quvur mil. avv. I asr oxiri va milodiy I asr boshida yasalgan. Arxeologlarning fikricha, Burquttepadan topilgan quvur Gʻarbiy Sugʻdiyonadan topilgan eng qadimgi ashyo sanaladi[4].

Burquttepaning eng quyi madaniy qatlami Varaxsha, Poykend kabi ilk davrlarga yaqin boʻlib, mil. avv. IV—III asrlarga oidligi taxmin qilinadi. Undan keyingi ikki qatlam mil. avv. III—II asrlar va mil. avv. II asrning ikkinchi yarmi va milodiy I asrga oiddir[5].

Boshqa bir qazishma ishlarida Burquttepaning eng yuqori gorizontidan milodiy ilk asrlarga oid ashyolar topilgan. Jumladan, shahriston maydonidan pastak, toʻgʻri burchakli mudofaa devorlarining izlari aniqlangan. Yuqori qatlam boʻylab X—XIII asrlarga oid sopol idish siniqlari topilgan. Bu ashyolar Karmana shaharchasining yoshini aniqlash uchun muhimligi aytiladi[6].

Galereya

tahrir
Burquttepaning ustki qismidan olingan tasvir

Manbalar

tahrir
  1. „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
  2. „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Backend.madaniymeros.uz. 2023-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
  3. 3,0 3,1 3,2 Zaripov, Shernazar 2021, s. 63.
  4. Xaitova, Qurbonov 2018, s. 13.
  5. Xaitova, Qurbonov 2018, s. 13—14.
  6. Xaitova, Qurbonov 2018, s. 14.

Adabiyotlar

tahrir