Burun — 1) degrezlikda ishlatiladigan quyma choʻyan moslama. Uning bir uchini dama, ikkinchi uchini yondoʻkon shovvasi (shamol kiradigan teshik)ga suqib, lom bilan koʻtarib qoʻyiladi. Shamol damdan burun orqali shovvaga, undan yondoʻkondagi oʻchoqqa borib, oʻtni puflaydi. Temirchi, taqachi, miskar, anjomsozlar B.ni bulul deb ham atashadi; 2) anjomsozlarning moʻrisiz oʻchoqlarida dam kavaza (yogʻoch naycha)ga kiradigan nay va hokazo.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil