Karaja Burunov (1898.2.8, Tajan viloyati — 1965.22.3, Ashxobod) — turkman yozuvchisi, dramaturg, tarjimon. Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1943). Zamonaviy turkman adabiyotining asoschilaridan biri. "Dakilma" (1927) pyesasida turkman xotinqizlarining ogʻir qismati koʻrsatiladi. "Paxta", "Vintlar" va "Kaymir Koʻr" (B. Omonov bilan hamkorlikda) dramalarida turkman xalqi hayotidagi yorqin voqealar oʻz ifodasini topgan. Ijtimoiymaishiy mavzuda yaratilgan "Tiryakkash" (1927), fuqarolar urushi voqealarini bayon qiluvchi "Choʻktirilgan 18 kishi" (1929) dostonlari bor. Uning librettosi asosida "Shohsanam va Gʻarib" (1943), "Kamina va Qozi" (1944) va boshqa opera va baletlar sahnalashtirilgan. Burunov jahon dramaturgiyasining eng yaxshi namunalari (Shekspir, Lope de Vega, Shiller, Molyer, Gogol asarlari)ni turkman tiliga tarjima qilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil