Buryat tili (buryatcha: буряад хэлэн) — buryatlar tili. Moʻgul tshlari guruhiga mansub. Buryat tilida soʻzlovchilar soni 500 mingdan ortiq (1990-yillar oʻrtalari). Grammatik kurilishiga koʻra agglyutinativ. Unlilar tizimi singarmonizm qoidalariga boʻysunadi; qisqa va choʻziqlari mavjud. Buryat tili uziga xos boy lugat tarkibiga ega.XX asr boshlarigacha buryatlarning oʻz yozuvi bulmagan. XVIII asrdan ish yuritish va savod chiqarishda eski moʻgʻul yozuvidan foydalanilgan. 1931-yilda lotin alifbosi asosida yozuv yaratilgan, 1939-yildan esa Kirill alifbosi asosidagi yozuvga oʻtilgan. Zamonaviy buryat adabiy tili 30-yillar 2-yarmida xori dialekti asosida shakllangan.[3]

Buryat tili
Milliy nomi буряад хэлэн va ᠪᠤᠷᠢᠶᠠᠳ ᠮᠣᠩᠭᠣᠯ ᠬᠯᠡᠨ
Mamlakatlar Rossiya[1], Moʻgʻuliston va Xitoy
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 329 000
Alifbosi Kirill alifbosi, Moʻgʻul yozuvi, Vagindra va Lotin alifbosi
Til kodlari
ISO 639-2 bua[2]
ISO 639-3 bua[2]

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. "Buryat tili" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil