Busigin Konstantin
Konstantin Dmitriyevich Busigin (1965-yil 5-dekabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – Rossiya Federatsiyasi Davlat chegarasini rivojlantirish federal agentligi („Rosgranitsa“)ning sobiq rahbari. Boyqoʻngʻir shahar hokimligi rahbari boʻlgan.
Konstantin Busigin Dmitriyevich | |
---|---|
Tavalludi |
11-dekabr 1965-yil Toshkent |
Taʼlimi | MGIMO |
Ilmiy darajasi | kandidat |
Biografiyasi
tahrirKonstantin Dmitriyevich Busigin 1965-yil 11-dekabrda Oʻzbekistonning Toshkent shahrida harbiy oilasida tugʻilgan. 1980-yillarda armiyada xizmat qilgan, hamda Moskvadagi NPO Geofizikada radiotexnika oʻrnatuvchisi boʻlib ishlagan. U 1996-yildan 2002-yilgacha Maskvada Federal investitsiya banki boshqaruvi raisining oʻrinbosari boʻlib ishlagan.
1999-yilda Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini (MGIMO) xalqaro huquq mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
2002-yildan 2004-yilgacha Kosmas Air aviatsiya kompaniyasi bosh direktori lavozimida ishlagan. 2004-yilda Moskva shahrining Gʻarbiy maʼmuriy okrugi prefekti oʻrinbosari etib tayinlangan. Isteʼmol bozori va ijtimoiy rivojlanish, Qurolli Kuchlar safiga chaqiruvni tashkil etish, sogʻliqni saqlash, madaniyat va taʼlim sohalariga rahbarlik qildi.
2008-yilda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya Davlat boshqaruvi akademiyasini (RAGS) tamomlagan. 2010-yil dekabr oyida Solntsevo shahar kengashi rahbari lavozimida ishlagan.
Iqtisodiyot fanlari nomzodi. 2010-yilda Iqtisodiyot, boshqaruv va ijtimoiy munosabatlar institutida „Hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirish mexanizmlari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
2012-yil dekabridan 2014-yil fevraligacha „Ijmash“ (hozirgi „Kalashnikov“ kontserni OAJ) ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi (NPO) bosh direktori lavozimida ishlagan.
2014-yil 21-aprelda Rossiya Federatsiyasi Hukumatining 638-sonli buyrugʻi bilan Rossiya Federatsiyasi Davlat chegarasini rivojlantirish federal agentligi (Rosgranitsa) rahbari etib tayinlandi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2015-yil 19-yanvardagi 16-sonli qarori bilan unga „Rossiya Federatsiyasining 3-darajali haqiqiy davlat maslahatchisi“ unvoni berilgan.
2017-yil 30-may kuni ikki davlat prezidentlari Nursulton Nazarboyev va Vladimir Putin birgalikda uni Boyqoʻngʻir shahar maʼmuriyati rahbari etib tayinlanishini maʼqullagan edi.
2021-yil 15-martda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining „Rossiya Federatsiyasining davlat mukofotlari bilan taqdirlash toʻgʻrisida“gi farmoni bilan „Fanni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi va koʻp yillik vijdonli mehnati uchun“ medali va II darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan[1].
2023-yil 8-sentyabrda u Rossiya Federatsiyasi Prezidentining „Erishgan mehnat yutuqlari va koʻp yillik vijdonli mehnati uchun“ Faxriy yorligʻi bilan taqdirlandi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Роскосмос. Президент России наградил главу Байконура Константина Бусыгина медалью ордена «За заслуги перед Отечеством» II степени — Новости — Госкорпорация «Роскосмос»“. 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-iyul.
- ↑ Rasporyajenie Prezidenta Rossiyskoy Federatsii ot 8 sentyabrya 2023 goda № 300-rp „O pooщrenii“
Havolalar
tahrir- Konstantin Busygin Arxivnaya kopiya
- „Kommersant“ gazetasi 02.06.2014 yildagi 19-son Arxivnaya kopiya arxiv nusxasi