Nursulton Nazarboyev
Nursulton Abishevich Nazarboyev (6-iyul 1940-yil, Chemolgʻan qishlogʻi, Almati viloyati) — Qozogʻiston Respublikasining birinchi prezidenti, bu mansabda 1990-yildan 2019-yilgacha boʻlgan. Nazarboyev 1984-1989 yillarda Qozoq SSR Vazirlar Kengashi raisi, 1989-1991-yillarda Qozogʻiston Kompartiyasi MQ birinchi kotibi boʻlib ishlagan. U «Millat lideri» unvoni sohibidir[5][6][7] (qozoqcha: Елбасы, Yelbasi).
Hayoti
tahrirBolalik davri
tahrirNursulton Nazarboyev 1940-yil 6-iyulda Almati viloyatining Qaskelen tumanidagi Chemolgʻan qishlogʻida Abish va Aljan Nazarboyevlarning oilasida dunyoga kelgan. Nursulton Nazarboyev Katta juzning shaprashti urugʻiga kiradi[8]. Unga ota-onasi Nursulton deb ism qoʻygan. Chaqaloqqa ism tanlashning oʻzi bir hikoyaga aylangan. Toʻyga tashrif buyurgan qarindosh-urugʻlar har xil ismlarni taklif qilgan. Eng soʻnggida yangi tugʻilgan oʻgʻilning buvisi Mirzabola shunday degan: „Mening sevimli nevaram ikki ismni olib yursin, uning ismi Nursulton boʻlsin”[manba kerak]. Mirzabola nevarasining muvaffaqiyatli inson boʻlib voyaga yetishiga katta hissa qoʻshgan.
Nazarboyevning otasi — Abish 1903-yil Olatov togʻining etaklarida, Nazarboy biyning oilasida dunyoga kelgan. Abish Nazarboyev quvnoq, hurmatli kishi boʻlgan. U nafaqat qozoq tili, balki rus va bolgar tillarini ham bilgan. Abish Nazarboyev qozoq va rus qoʻshiqlarini ixlos bilan kuylagan. U 1971-yil vafot etgan.
Nazarboyevning onasi — Aljon 1910-yil Jambul viloyati Qoʻrday tumani Qasiq qishlogʻida dunyoga kelgan. Aljon Nazarboyeva 1977-yil olamdan oʻtgan[9].
Maktabda Nursulton Nazarboyev yaxshi oʻqigan. U faqat oʻz sinfidagina emas, balki maktabdagi eng aʼlochi oʻquvchilardan biri boʻlgan.
Xizmat yoʻli va siyosiy faoliyati
tahrir1960-yil Dneprodzerjinsk texnik uchilishini, 1967-yil Qaragʻandi metallurgiya kombinatiga qarashli oliy texnik oʻquv yurtini, 1976-yil Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi Markaziy qoʻmitasiga qarashli Oliy partiya maktabini bitirgan.
Xizmat yoʻlini 1960-yil Temirtau shahridagi Qaragʻandi metallurgiya kombinatida oddiy ishchi boʻlib boshladi va domna sexining katta gazchisi vazifasigacha koʻtarildi.
- 1960—1969 y. — Qaragʻandi metallurgiya zavodida ishladi.
- 1969—1973 y. — Qaragʻandi viloyati Temirtau shahridagi partiya-komsomol ishlarida maʼsulyatli xizmatlar qildi.
- 1973—1977 y. — Qaragʻandi metallurgiya kombinatining portkom kotibi[10].
- 1977—1979 y. — Qaragʻandi viloyat partiya qoʻmitasining kotibi, 2-kotibi.
- 1979—1984 y. — Qozogʻiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining kotibi.
- 1984—1989 y. — Qozoq SSR Vazirlar Kengashi raisi.
- 1989—1991 y. — Qozogʻiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining birinchi kotibi,
- 1990-yil fevral—aprel orasida Qozoq SSR Oliy Sovetining raisi boʻldi.
Prezidentlik
tahrir1990-yilning aprelidan — Qozoq SSR Prezidenti. 1991-yil 1-dekabrda ilk bor Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining umumxalq saylovi boʻlib oʻtdi. Saylov natijasida Nursulton Abishevich Nazarboyev (98,7 %) ovoz bilan gʻalabaga erishdi. 1995-yil 29-aprelda umumxalq referendum natijasida Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Abishevich Nazarboyevning vakolatligi 2000-yilgacha uzaytirildi. 1999-yil 10-yanvarda oʻtgan umumxalq saylovning natijasida N.A.Nazarboyev 79,78 % ovoz yigʻib, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti boʻlib qayta saylandi. 2005-yil 4-dekabrda saylovda 91,5 % ovozga ega boʻlib, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti boʻlib qaytadan saylandi.[11]
Oppozitsiya Nazarboyevni kelishmovchiliklarda aybladi. U gʻolib boʻlgan prezidentlik saylovi, qozoq oppozitsiyasi va gʻarb nazoratchilarining tanqidiga uchrab, ularning fikricha saylov demokratik standartlarga mos ravishva oʻtmadi deb baholandi.[12]
2011-yil 3-aprelda belgilangan muddatidan oldin boʻlgan prezident saylovida toʻrtinchi bor 95,5 foiz ovoz bilan Qozogʻiston Respublikasining Prezidenti boʻlib, 2016-yilgacha Nursulton Nazarboyev saylandi.[13] Qozogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasiga koʻra, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Qozogʻiston Respublikasining Prezidenti boʻlishi mumkin emas. Qozogʻiston Respublikasining Prezidenti Qozogʻiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan besh yil muddatga saylanadi. Agarda Qozogʻiston Respublikasining toʻngʻich prezidenti boʻlsa, qonunda bunga cheklash qoʻyilmagan.
2011-yil dekabr oyida Mangʻistau viloyatida qatʼiy naroziliklar uyushtirildi. BBCda yozishicha N.A.Nazarboyev boshqaruv vaqtidagi eng katta qatʼiy naroziliklar aksiyasi shu edi.[14]
Oilasi
tahrirXotini – Sara Nazarbayeva – Xalqaro „Boʻbek“ bolalar xayriya fondini boshqaradi.
Prezidentning uchta qizi bor:
- Darigʻa – siyosiy fanlar doktori, JAV „Xabar“ Axborot agentligining direktorlar Kenggashining raisi, Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti majlisining deputati.
- Dinara – N. A. Nazarboyev nomli taʼlim fondiga boshchilik qiladi. Forbes jurnalining maʼlumoti boʻyicha 2011-yilda 1,3 milliard AQSh dollarini tashkil qiluvchi boyligi bilan Qozogʻistonning eng boy ayoli hisoblanadi (dunyoda № 938 va Qozogʻistonda № 4 oʻrinda)[15]. Timur Qulibayevning ayoli.
- Aliya – biznes bilan shugʻullanadi, „Elitstroy“ qurulish kompaniyasini boshqaradi.
N. A. Nazarboyevning yettita nevarasi va ikkita chevarasi bor.
- Ikkinchi oila
Nazarboyev oʻzining „Moya jizn“ nomli xotiralar kitobida Asel Isabayena ismli ikkinchi turmush oʻrtogʻi hamda Taumen va Bayken ismli oʻgʻillari borligi haqida maʼlum qiladi[3][4].
Kitoblari
tahrirN.A.Nazarboyev bir qator ilmiy mehnatlarning, ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari va jamoviy-siyosiy mavzu boʻyicha kitoblarning avtori:
- «Казахстанский путь»
- «Стальной профиль Казахстана»
- «Без правых и левых»
- «Стратегия ресурсосбережения и переход к рынку»
- «Кремлёвский тупик»
- «Стратегия становления и развития Казахстана как суверенного государства»
- «Рынок и социально-экономическое развитие»
- «На пороге XXI века»
- «Н. А. Назарбаев. Евразийский союз: идеи, практика, перспективы. 1994—1997»
- «Ғасырлар тоғысында» (А., 1996),
- «В потоке истории»
- «Эпицентр мира»
- va boshqalar.
Ilmiy maqolalari
tahrir- «Хозяйская расчетливость»
- «Экономика Казахстана: реальность и перспективы обновления»
- «Проблемы разделения труда»
- «Эффект объединений: опыт и проблемы»
- «Условия новые, „тормоза“ старые»
- «Проблемы Приаралья и пути их решения»
- «Terra incognita посттоталитарной демократии»
- «От имперского союза к содружеству независимых государств»
- «Экономическая интеграция — разумной альтернативы нет»
- «Межнациональное единство и экономический суверенитет — главная и надежная опора нашего продвижения вперед»
- «Наши ориентиры — консолидация, общественный прогресс, социальное партнерство»
- «Критическое десятилетие»
- «Об ускорении рыночных преобразований и мерах выхода из экономического кризиса»
- «Евразийское пространство: интеграционный потенциал и его реализация» va boshqalar.
Iqtiboslari
tahrir- “Qozogʻiston kelajagi — qozoq tilida.”
- “Kecha boʻlmaganning bugun boʻlishi mumkin, bugun boʻlganning ertaga boʻlishi mumkin, biroq ona tiliga eʼtibor bermaslikning, uni hurmat qilmasning oʻrni toʻlmas chuqurliklarga olib kelishi shubhasiz.”
- “Millat va til masalasiga kelganda, eng asosiysi, milliy ajralmoqdan yiroq boʻlish kerak.”
- “Qozoq qozoq bilan qozoqcha gaplashsin.”
- “Mustamlaka davrni esga solib, aholining nomusiga zid nomlarni ham, tilning qonuniyatlarini, tabiiy uygʻunlikni buzub turgan nomlarni ham oʻzgartirish kerak.”[16]
Nursulton Nazarboyev nomida
tahrirNursulton Nazarboyev nomini turli obektlarga berish haqidagi takliflar qozoq jamoatinining baʼzida noroziligiga sabab boʻladi. Biroq Nursulton Nazarboyev barcha takliflarga rozi ham boʻlmadi. Oʻz nomini taʼlim va fan sohasiga bogʻlashni istagan N.Nazarboyev oʻz nomidagi universiteti va intellektual maktablarining[17] ochilishiga roziligi bildirdi. N.Nazarboyev nomidagi taʼlim markazlarini oʻzining nazoratiga ushlashga harakat qiladi. Nazarboyev nomidagi taʼlim mahkamalari Nazarboyev fondi va Nazarboyev Markazini orqali muvofiqlashtiriladi.
Islohotlari
tahrirYangi mustaqil davlat — Qozogʻiston Respublikasining (16.12.1991) — rivojlanishi, barcha atributlari — milliy havfsizlik, davlat boshqaruvi va hokimiyat butkul tarmoqlarining oʻzaro harkatlanish tizimi — milliy davlatning shakllanishi Nazarboyev nomi bilan chambarchas bogʻliq. Nazarboyev rahnamoligida konstitutsiyaviy takomillashish protsesi yuzaga chiqdi, 1995-yilning avgust oyida Qozogʻiston Respublikasining asosiy Qonunini qabullagan umumxalq referendum asosida nihoyasiga yetdi. Qozogʻistonda demokratik institutlarni bunyod qilish Nazarboyevning eng yaxshi mehnatlaridan biri boʻlib hisoblanadi. Soʻz va nashriyot erkinligi, saylov va saylanish huquqi, partiyalar va ijtimoiy birlashmalarni tashkil qilish huquqi, din erkinligi kabi fuqoroviy jamoatning barqaror qadriyalari N.Nazarboyevning vaqtidagi konstitutsiyaviy normalarga aylandi. Iqtisodiy siyosatni, demokratik oʻzgarishlarni, rejadagi kabi yuzaga chiqarishga davlat tuzilmalarining, prezidentlik respublika sifatida xalq tanlagan naʼmunasi oʻz samarasini berdi.[18]
- 1992-yilning boshida N.Nazarboyev „Qozogʻistonning mustaqil davlat sifatida shakllanishi va rivojlanish strategiyasi“ tayyorlab, davlatning ichki va sirtqi siyosatining batafsil yoʻlishini aniqladi.
- Shuning natijasida 1997-yilning boshlarida mamlakatda makroiqtisodiy doimiylik joy oldi, inflyatsiya toʻxtatildi, sanoat jonlanib, moliya-byudjet, soliq tizimi tashkil topdi, xususiylashtirish olib borildi, nafaqa umumlashtirish tizimi yoʻlga qoʻyildi, uy-joy kommunal xoʻjaligini reformalash yuzaga chiqdi.
- N.Nazarboyevning „Qozogʻiston-2030“ strategiyasi davlat rivojlanishining asosiy yoʻnalishlarini ochiqladi. 2006-yilgi aholiga Yoʻllashida Qozogʻistonning raqobatbardosh 50 davlatning safiga kirish strategiyasi belgilangan.
- N.Nazarboyevning iqtisodchi va siyosatchi sifatidagi shaxsiy obroʻsi, davlatda qulay sarmoyaviy holatning shakllanishiga, koʻplagan davlatlar va xalqaro moliya institutlari bilan, intensiv ravishda iqtisodiy birdamligi aʼlo darajada samarasini berdi. Respublikada qishloqni rivojlantirishga, qashshoqlik bilan kurashishga, uy-joy qurulishini rivojlantirishga va boshqalarga yoʻnaltirilgan yirik ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish boshlandi. N.Nazarboyev industrial-innovatsiyali rivojlantirish strategiyasini tayyorladi, sarmoyaviy va innovatsiyali fondlar tashkil topdi. Dunyo miqyosidagi ekspertlar orasida «Qozogʻiston namunasi» degan termin paydo boʻldi. Qisqa vaqt ichida xalqaro birdamlik tamoyilini shakllantirdi. Uning koʻplagan tashabbuslari keng xalqaro miqyosida oʻz oʻrnini topdi. Masalan, Semey yadroviy poligonini yopishi, yadroviy derjava huquqiy holatidan voz kechdishi, dunyo va mintaqaviy havfsizlikni taʼminlash yoʻnalishdagi izchil faoliyati, v.b. N.Nazarboyev MDH, Bojxona ittifoqi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT), Yevrosiyo ittifoqi kabi xalqaro tuzilmalarni amalga chiqarishning tashabbuskori. U BMT Bosh Assambleyasining 47-sessiyasida tashkil etish taklifi bilan chiqqan, Osiyodagi oʻzaro nufuzi va ishonch choralari haqida kengashi oʻz faoliyatini boshladi.
Nazarboyevning tashabbusi bilan ochilgan taʼlim muassalari
tahrir- Xalqaro axborot texnalogiyalar universiteti
- Qozogʻiston menedjment instituti
- Iqtisodiyot instituti
- Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq-Turk universiteti
- N. Gumilev nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti
- Milliy davlat huquqshunoslik universiteti
- Nazarboyev universiteti
- Nazarboyev Intellektual Maktabi[18]
- litseylar va kollejlar
- Prezident «Boʻlashaq» dasturi amalga oshmoqda, u dastur boʻyicha yoshlar dunyo miqyosidagi yirik oʻquv yurtlarida bilim olmoqdalar.
- Isteʼdodli bolalar uchun prezidentning «Darin» sovgʻasi tayinlangan.
Boshqa lavozimlari va mansablari
tahrir- Iqtisodiy fanlar doktori (1993)
- QR MFA-ning (1995) va bundan boʻlak ilmiy muassasalar hamda horijiy taʼlim muassasalarining akademigi
- Qozogʻiston xalqi Assambleyasining raisi
- Qozogʻiston Qurolli Kuchlarining Bosh Qoʻmandoni
- Dunyo qozoqlari uyushmasining raisi
- Nur Oʻtan Xalq-demokratik partiyasining raisi
- Oʻrta Osiyo davlatlari Doʻstlik fondining hurmatli raisi
- YXHT-ning raisi
- Birnecha yil Xalqaro Orolni qutqarish fondini boshqardi
Qozogʻiston Respublikasi Milliy fanlar akademiyasining, Xalqaro injinerlik akademiyasining va Rossiya Federatsiyasi ijtimoiy fanlar akademiyasining akademigi. Al-Farobiy nomidagi Qozoq davlat milliy universitetining hurmatli professori. Belarus Fanlar akademiyasining hurmatli aʼzosi. M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining hurmatli professori.
N.A.Nazarboyev – Qozogʻistonning eng oliy oʻzgacha namunadagi «Altin Qiran» (Oltin Burgut) ordeni bilan, shuningdek dunyoning koʻplagan davlatlarining, xalqaro va ijtimoiy tashkilotlarining oliy mukofotlari bilan taqdirlangan.[18]
Partiyaviylik
tahrirN.Nazarboyev SSJI parchalangunga qadar SIKP aʼzosi boʻlgan. Qozogʻiston Respublikasning Konstitutsiyasida prezident biron-bir partiya aʼzosi boʻlib ishlashga hamda uni boshqarishga man qilinadi. Lekin u «Nur Oʻtan» siyosiy partiyasini qoʻllab-quvvatladi. 2007-yili Konstitusiyaga oʻzgartirish kiritdi va N.A.Nazarboyev «Nur Oʻtan» partiyasining rasmiy bosh lavozimiga kirishdi[19].
Faktlar
tahrir- N.A.Nazarboyev 1989-yildan boshlab davlat boshiga keldi. Sobiq SSJI davlatlari orasida eng yoshi katta rahbarlarning biridir. Faqat Islom Karimovning yoshi undan kattaroq. Oʻzbekiston va Qozogʻiston Sobiq SSJI davlatlari orasida, mustaqillik olgandan buyon davlat rahbarlari almashmay kelayotgan yagona davlatlardir.
- N.A.Nazarboyev dunyodagi eng badavlat va qudratli davlat rahbarlari reytinggida 10 oʻrinni egallaydi.[20]
- Prezidentning oilasida ikkita millader bor ular: (ikkinhi qizi Dinara Qulibayeva — 1,258 million dollar va ikkinchi kuyovi Qulibayev Timur — 1,258 million dollar) va bir nechta millionerlari (birinchi qizi Darigʻa Nazarboyeva — 593 million dollar, nevarasi Nurali Aliyev — 200 million dollar)[21], sobiq kuyovi Raxat Aliyev[22][23] va ukasi Boʻlat Nazarboyevlardir[24]. Nazarboyev urugʻ-aymoqlarining boyligi $7 mlrd baholanadi.[25]
- Prezidentning tugʻilgan kuni, davlat bayrami hisoblanmish Poytaxt kuni bilan birga nishonlanadi. 7-may — Prezident katta qizining tugʻilgan kuni va Vatan Himoyachilari Kuni.[26] Har ikkala kun ham dam olish kuni hisoblanadi.
- 1-dekabr Birinchi Prezident Kuni sifatida nishonlanadi hamda davlat bayrami va dam olish kuni hisoblanadi.[27]
- Nursulton Nazarboyevga atab Almatidagi Prezident parkida[28], Choʻlpan-Atada[29], Astanada[30], Ukrainada[31] va Anqarada yodgorliklar qoʻyilgan[32].
- Iordaniyada, Turkiyada[33] va Chechenistonda Nursulton Nazarboyev nomi bilan ataluvchi koʻchalar bor [34]. Shunigdek Chechenistonda Nursulton Nazarboyev nomidagi litsey ham bor[29].
Manbalar
tahrir- ↑ „Мисс Казахстан. Все победительницы конкурса (1989-2022). 27 фото“ (ru) (23-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 29-noyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Nursulton Nazarboyev ikkinchi oilasi, sevimli ayoli va ikki o‘g‘li borligini oshkor qildi“ (uz). daryo.uz. Qaraldi: 2023-yil 29-noyabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Улитин, Игорь „Нурсултан Назарбаев впервые признал наличие второй семьи, любимой женщины Асель Исабаевой и двоих сыновей“ (ru). orda.kz. Qaraldi: 2023-yil 29-noyabr.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 „Nursulton Nazarboyev birinchi marta ikkinchi oilasi borligini tan oldi“ (uz). kun.uz. Qaraldi: 2023-yil 29-noyabr.
- ↑ Вступил в силу закон, наделяющий Назарбаева статусом «лидер нации»/ День за днем / Интернет-газета. Казахстан, 2013-10-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-11-29
- ↑ Казахстанская правда, 2011-10-20da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-11-29
- ↑ Казахстанская правда
- ↑ Казахстанская правда, 2013-05-21da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-11-27
- ↑ Персональная страница Биография и семья, 2013-05-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-11-28
- ↑ По некоторым утверждениям Нуртас Ундасынов «через свои связи в аппарате ЦК КПСС рекомендовал работавшего в то время в г. Темиртау Н. А. Назарбаева своему ученику, тогдашнему Первому секретарю ЦК КП Казахстана, члену Политбюро ЦК КПСС Д. А. Кунаеву, а в 1977 году организовал для секретаря ЦК КП Казахстана Н. А. Назарбаева аудиенцию второго секретаря ЦК КПСС М. А. Суслова, который на прощание сказал Н. А. Назарбаеву: „Ты в безопасности. Я буду тебя защищать“» [1] (Wayback Machine saytida 2011-10-01 sanasida arxivlangan).
- ↑ Qaragʻandi. Qaragʻandi viloyati: Ensiklopediya. - Almati: Atamura, 2006. SBN 9965-34-515-5
- ↑ http://www.bbc.co.uk/news/world-asia-pacific-15479889 http://www.nytimes.com/2012/01/17/world/asia/observers-criticize-kazakhstans-election.html?_r=0 http://www.telegraph.co.uk/news/worldnews/asia/kazakhstan/9118565/European-election-monitors-are-biased-against-ex-Soviet-states-says-Kazakh-president.html http://www.guardian.co.uk/world/2011/apr/04/kazakhstan-election-officials-accused-intimidation
- ↑ Победивший на президентских выборах кандидат, будет управлять страной до декабря 2016 года, 2013-12-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-11-28
- ↑ „Abuse claims swamp Kazakh oil riot trial“. BBC (15-may 2012-yil). Qaraldi: 16-may 2012-yil.
- ↑ World’s Billionaires 2011
- ↑ „Nazarboyev aytgan soʻzlari“. Qozogʻiston Respublikasining Prezidenti rasmiy saytidagi N.Nazarboyevning shaxsiy sahifasi. 2012-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-sentyabr. (Wayback Machine saytida 2012-12-03 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Главная — АОО «Назарбаев Интеллектуальные школы»“. 2013-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 30-noyabr.
- ↑ 18,0 18,1 18,2 "Oqmoʻla viloyati" ensiklopediyasi
- ↑ Глава государства Нурсултан Назарбаев возглавил партию «Нур Отан» / День за днем / Интернет-газета. Казахстан, 2016-04-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-11-29
- ↑ Utro.UA - Фото - Топ-10 богатейших правителей современности, 2013-12-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-11-30
- ↑ Топ-50 богатейших людей Казахстана — Экономика и бизнес, 10 мая 2012, 2012-05-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-11-30
{{citation}}
: no-break space character in|title=
at position 35 (yordam) - ↑ „Рахат Алиев планирует перебраться с Мальты в США“. 2013-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 31-yanvar.
- ↑ „Опальный каз-зять Рахат Алиев стал предметом интереса немецкой федеральной разведывательной службы“. 2013-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 31-yanvar.
- ↑ „Новости - Руспрес“. 2013-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 31-yanvar. (WebCite saytida 2013-02-01 sanasida arxivlangan)
- ↑ Состояние клана Назарбаевых оценивается в $7 млрд. » КАБАРЛАР НОВОСТИ КЫРГЫЗСТАНА, 2013-10-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-11-30
- ↑ „Назарбаев утвердил 7 мая в Казахстане государственным праздником. Новости Казахстана. Tengrinews.kz“. 2013-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-mart.
- ↑ Казахстан: День первого президента или культ Назарбаева. Русская служба Би-би-си
- ↑ В Алматы поставили памятник Назарбаеву с крыльями беркута — Росбалт.ру
- ↑ 29,0 29,1 „Мнения политологов: Культ без личности / Политика / Baursak.kz - социальная сеть Казахстана“. 2013-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-mart. (WebCite saytida 2013-03-15 sanasida arxivlangan)
- ↑ В Астане снесли один памятник и строят другой – Нурсултану Назарбаеву
- ↑ Город юности мстит Назарбаеву
- ↑ В столице Турции открыт памятник Назарбаеву — Gazeta.kz, 2013-07-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-11-30
{{citation}}
: no-break space character in|title=
at position 44 (yordam) - ↑ Улица Назарбаева в Турции | TURK-MEDIA[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Улица Назарбаева в Грозном - Общество - Фабрика Новостей. Казахстан“. 2013-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-mart.
Havolalar
tahrir- Qozogʻiston Respublikasini Sirtqi Ishlar Vazirligi (Wayback Machine saytida 2011-09-29 sanasida arxivlangan)
- Qozogʻiston Respublikasini Prezidentining rasmiy sayti (Wayback Machine saytida 2007-04-18 sanasida arxivlangan)
- «Mening Prezidentim» nomli yoshlar loyihasi (Wayback Machine saytida 2019-09-12 sanasida arxivlangan)
Vikiomborda Nursulton Nazarboyev haqida turkum mavjud |