Karim Qajimqanovich Masimov[1] (qozoqcha: Кәрім Қажымқанұлы Мәсімов, 15-iyun 1965, Astana, Qozoq SSR) — Qozogʻiston davlat arbobi, Qozogʻistonning ikki karra bosh vaziri (2007—2012, 2014-yildan), QR Prezident Maʼmuryatining rahbari (2012—2014).

Karim Qajimqanovich Masimov
Кәрім Қажымқанұлы Мәсімов
 Qozogʻiston Milliy Xavfsizlik qoʻmitasi raisi
Mansab davri
8-sentabr 2016-yildan – 5-yanvar 2022-yilgacha
Prezident Nursulton Nazarboyev
Qosim-Joʻmart Toqayev
Oʻtmishdoshi Vladimir Jumakanov
Vorisi Yermek Sagʻimboyev
 Qozogʻiston Bosh vaziri
Mansab davri
2-aprel 2014-yil – 8-sentabr 2016-yilgacha
Prezident Nursulton Nazarboyev
Bosh vazir Karim Masimov
Oʻtmishdoshi Serik Axmetov
Vorisi Baktijan Sagintayev
 Qozogʻiston Respublikasi Prezident Maʼmuryatining rahbari
Mansab davri
21-sentabr 2012-yil – 2-aprel 2014-yil
Prezident Nursulton Nazarboyev
Oʻtmishdoshi Aslan Musin
Vorisi Nurlan Nigʻmatulin
 7-Qozogʻiston Respublikasining Bosh Vaziri
Mansab davri
10-yanvar 2007-yil – 24-sentabr 2012-yil
Prezident Nursulton Nazarboyev
Oʻtmishdoshi Daniyal Axmetov
Vorisi Serik Axmetov
 Qozogʻiston Respublikasi transport va kommunikatsiya vaziri
Mansab davri
20-aprel – oktabr 2006-yil
Prezident Nursulton Nazarboyev
Bosh vazir Daniyal Axmetov
Oʻtmishdoshi Qayrat Kelimbetov
Vorisi Aslan Musin
 
Mansab davri
2000-yil – 2001-yil
Bosh vazir Qasim-Joʻmart Toʻqayev
Oʻtmishdoshi Serik Burkitbayev
Vorisi Ablay Mizahmetov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 15-iyun 1965-yil (1965-06-15) (58 yosh)
Astana shahri,
Qozoq SSR, SSRI
Siyosiy partiyasi Nur Oʻtan
Turmush oʻrtogʻi Masimova Dilyaram Azatovna
Bolalari 3 ta bolasi bor
Otasi Qajimqan Qasimovich Masimov
Mukofotlari

Avtobiografiya tahrir

Karim Qajimqanovich Masimov — 1965-yil 15-iyunda Qozoq SSRning Tselinograd shahrida tavallud topgan. Otasi — Qajimqan Qasimovich Masimov[2]. Onasi — Eleonora (Ajibekova) Karimovna Masimova[3]. 1982-yil Almati shahridagi Respublika fizika-matematika maktabini bitirdi. 1985-yili Moskva shahridagi P.Lumumba nomli Xalqlar Doʻstligi universitetida arab filologiyasi boʻyicha tahsil oldi. 1988-yil Pekindagi Til bilimi institutida tahsil olgan. 1991-yil Xitoydagi Uxan adliya universitetini, 1995-yil Qozoq davlat boshqaruv akademiyasini bitirgan. Rus, qozoq, ingliz, xitoy va arab tillarini biladi.

Xizmat yoʻli tahrir

1991-1992 — Qozogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligida tashqi iqtisodiy aloqalar boʻlimining rahbari, bosh iqtisodchi.

1992-1995 — Qozogʻiston tijorat tuzilmalari boʻyicha Xitoyda va Gonkongda ishladi.

1995-1996 — „Almati Savdo Moliya banki“ning rahbari.

1996-1997 — „TuranAlembank“ boshqarma rahbarining vazifasini bajaruvchi.

1997-2000 — „Qozogʻiston xalq jamgʻarma banki“ning rahbari.

2000-2001 — Qozogʻiston Respublikasi transport va kommunikatsiya vaziri.

2001-2003 — Qozogʻiston Respublikasi bosh vazir muovini.

2003-2006 — Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi.

2006-2007 — Qozogʻiston Respublikasi bosh vazir muovini (bir vaqtning oʻzida 2006-yil apreldan oktyabrgacha byudjet va iqtisodiy rejalashtirish vaziri).

2007-2012 — Qozogʻiston Respublikasi bosh vaziri.

2012-2014 — Qozogʻiston Respublikasi Prezident Maʼmuryatining rahbari.

2014-2016 — Qozogʻiston Respublikasi bosh vaziri.[4]

2016-2022 — Qozogʻiston Milliy Xavfsizlik qoʻmitasi raisi

2022-yil yanvar oyida namoyishlar ortidan hibsga olingan. Uning uyidan 17,2 million AQSh dollari miqdorida naqd pul, shuningdek, koʻplab hashamatli buyumlar olib qoʻyilgan.

2023-yil 24-aprelda davlatga xiyonat va yana ikkita modda bilan aybdor deb topilib, jazolarni qisman qoʻshish yoʻli bilan uzil-kesil 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi[5].

Manbalar tahrir

  1. Masimov Karim Kajimkanovich (PYeRSONALNAYa SPRAVKA)
  2. Masimov Karim Kajimkanovich (personalnaya spravka)
  3. Мама премьера Казахстана К.Масимова до сих пор работает экскурсоводом в Железнодорожном музее, 2015-09-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-01-27
  4. Указ Главы Государства, 2014-04-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-01-30
  5. „Қозоғистон МХҚ собиқ раҳбари Карим Масимов 18 йилга қамалди“.

Havolalar tahrir