Bustiy (taxallusi; asl ismi Abul Fath ibn Muhammad alKotib alBustiy) (971, Bust — 1009, Buxoro) — shoir. Arab va fors tillarida ijod qilgan. Bust hokimi alBayturning kotibi boʻlgan. Lirik sheʼrlarida dunyoviy sevgi, hayot quvonchlari va tabiat tarannum etilgan. Koʻplab hikmatli soʻzlar yaratgan. Ularda kishilarni rostgoʻy, halol, mehnatsevar, ilmli boʻlishga undagan. Bizgacha yetib kelgan "Nuniya" (asarning har bir bayti "nun" harfi bilan tugagan) yoki "Qasida alBustiya" asari axloqodob mavzuida. B.ning bu asariga Zunnun ibn Ahmad asSaraxsiy va Abdulloh Nukrakar sharh yozgan, uni Badriddin Jojarmiy forsiyga ugirgan, 1899-yilda Bayrutda nashr etilgan.

B. ijodida tibbiyot, falakiyot, falsafa, fiqh va boshqa mavzular muhim oʻrin tutgan. Uning ayrim asarlaridan parchalar alUtbiy ("Kitob alyaminiy"), Ibn Xallikon ("Vafoiyat"), Yoqut ("Moʻʼjam aludabo"), Beruniy ("Hindiston", "Saydana") va boshqalarning asarlarida uchraydi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Abdullayev I., Beruniyga zamondosh shoirlar, T.,1975.