Butadiyen - NITRIL KAUCHUKLAR, divinil nitril kauchuklar — butadiyen va akrilonitrilning sopolimer hosilalari. Monomerlarni suvli emulsiyada 5° da ("sovuq polimerizatsiya") yoki 30° da ("issiq polimerizatsiya") emulgator ishtirokida sopolimerizatsiyalab olinadi. Butadiyen (kauchuk) bogʻlangan akrilonitril miqdori 17— 45%. Rangi och sariqdan toʻqjigarranggacha. Moylar. benzin, alifatik uglevodorodlar taʼsiriga chidamli; ketonlarda, xlorlangan uglevodorodlarda eriydi. Butadiyen (kauchuk) k.ni vulkanizatsiyalashda asosan oltingugurtdan, organik disulfid va peroksidlardan foydalaniladi. Butadiyen (kauchuk) dagi bogʻlangan akrilonitril miqdori oshishi bilan uning mustaxkamligi, moy va benzinga chidamliligi ortadi, lekin elastikligi hamda sovuqqa chidamliligi kamayadi. Sanoatda Butadiyen (kauchuk) k. oʻralgan lenta, briket, donador boʻlakchalar shaklida chiqariladi. Chet ellarda xemigum, perbunan, buna N, nipol, parakril va boshqa nomlar bilan maʼlum.

Butadiyen (kauchuk) k. dan uzatma tasmalar, poyabzal tagliklari, yonilgʻi saqlanadigan idishlar, elektr simlari qoplamalari, ebonit hamda moy va benzinlarga chidamli buyumlar ishlab chiqariladi. Plastmassalar uchun plastifikatorlar sifatida ham qoʻllaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil