Butifos
Butifos, DEF — paxta maydonlarini mashina terimiga tayyorlashda gʻoʻza barglarini toʻkish uchun qoʻllangan kuchli defoliant. Yuqori trada qaynaydigan och sariq rangli suyuqlik. Yoqimsiz hidli, suvda umuman erimaydi. Moyli eritma va 70% li emulsiyalanuvchi konsentrat holida ishlatiladi. Defoliant har qanday obhavo sharoitida ham yuqori taʼsir xususiyatiga ega. Preparat kam dozalarda (1,4–3 kg/ga) qoʻllanganiga qaramay, juda zaharli. Oʻrta Osiyoning paxtachilik mintaqasida 50—80-yillarda keng qullanilgan. 1981-yildan Oʻzbekistonda va boshqa respublikalarda atrof muhitga koʻrsatgan zararli oqibatlari uchun B.ni gʻoʻza maydonlarida defoliant sifatida qoʻllash man etilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |