Butilatsetat — sirka kislotaning butil efiri, efir hidi keladigan rangsiz suyuklik. 4 ta izomeri maʼlum; ulardan normal butilatsetat CH3COO(CH2)3CH3, bilan izobutilatsetat CH3COOCH2CH(CH3)2 koʻproq tarqalgan. Qaynash temperaturasi 126,1’ (normal butilatsetat) va 118° (izobutilatsetat). Zichligi 881 kg/m3 (normal butilatsetat), 858 kg/m3 (izobutilatsetat). Butilatsetat murakkab efirlarning barcha xossalarini namoyon qiladi. Butilatsetat suvda oz, organik erituvchilarda esa yaxshi eriydi. Butilatsetat butil spirt bilan sirka kislotani sulfat kislota ishtirokida qizdirish yoʻli bilan olinadi. Butilatsetat bugʻining havo bilan aralashmasi portlaydi. Butilatsetat sanoatda nitro, etil va atsetilsellyuloza, lokboʻyoq, oʻsimlik moyi, kauchuklar uchun erituvchi sifatida ishlatiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil