Butun Rossiya favqulodda komissiyasi
Butun rossiya favqulodda komissiyasi (VCHK) - aksilinqilobiy harakatlar va sabotajga qarshi kurash maqsadida tuzilgan organ (1917—22). 1917-yil dekabrda F. E. Dzerjinskiy raisligida tuzilgan. 1918-yilda mahalliy gubernya, uyezd (1919-yil yanvarda bekor qilingan), transport, front va armiya favqulodda komissiyalari tashkil etilgan. Asosan siyosiy prinsip negizida ommaviy ravishda shafkatsiz qatagʻonlar uyushtirgan, "qizil terror"ni amalga oshirgan. 1922-yilda Davlat siyosiy boshqarmasi (GPU) qilib qayta tuzilgan (yana qarang Davlat xavfsizlik organlari).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |