Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuzi

Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuzi, VLKSM (rus. Vsesoyuzniy leninskiy kommunisticheskiy soyuz molodyoji soʻzlaridan) — sobiq Ittifokda yoshlarning ijtimoiysiyosiy tashkiloti. 1918-yil 29 oktyabrda RSDRP (b) tashabbusi va rahbarligida I Butun Rossiya ishchi va dehqon yoshlarining uyushmalari sʼezdida tuzilgan. Dastlab RKSM, 1924-yildan RLKSM, 1926-yildan VLKSM deb atalgan. 14—28 yoshdagi yigitqizlar qabul qilingan. Tashkiliy jihatdan sobiq KPSSdan andoza olib tuzilgan. Yoshlar orasida komfirqa siyosatini olib borgan. Oʻzbekistonda tuzilgan yoshlar tashkiloti (OʻzLKSM) ham uning tarkibiy qismi edi. VLKSM oʻzining 22favqulodda sʼezdida (1991-yil sentyabr) kommunistik yoshlar uyushmalarining federatsiyasi sifatida siyosiy rolini oʻtab boʻldi, deb hisoblandi.

Adabiyotlar Tahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil