Butunjahon Veganlar kuni
Butunjahon Veganlar kuni – har yili 1-noyabr kunida nishonlanadigan global tadbir hisoblanadi. Bu kunda ishtirokchilar veganizmning afzalliklarini targ‘ib qilishadi. Shuningdek, bayramni ko‘chalarga doʻkonchalar oʻrnatish, katta qozonlarda ovqat pishirish(bunda ovqat pishirish uchun masalliqlarni har bir kishi olib keladi va pishgan ovqat barchaga tarqatiladi) hamda daraxtlar ekish kabi harakatlarni amalga oshirish orqali nishonlaydilar[1].
Butunjahon Veganlar kuni | |
---|---|
Butunjahon Vegan kuni logotipi | |
Turi | Xalqaro |
Sana | 1-noyabr |
Bogʻliqligi | Butunjahon Vegetarianlar kuni |
Tarixi
tahrirBayram 1994-yilda Buyuk Britaniyadagi Vegan jamiyati raisi Louise Wallis tomonidan tashkilot barpo etilganining 50 yilligi hamda „vegan“ va „veganizm“ atamalarining joriy qilinishi munosabati bilan tashkil etilgan. 2011-yilgi nutqida Louise Wallis shunday degan: „Biz faqat jamiyat 1944-yil noyabr oyida tashkil etilganini bilardik, lekin aniq sana barchamizga nomaʼlum. Shuning uchun 1-noyabrni ziyofat uyushtirish va bayram kuni sifatida belgilashga qaror qildim. Negaki, menga bu sananing anʼanaviy bayramlar — Halloween va Vafot etganlar kuni(inglizcha: Day of the Dead)ga toʻgʻri kelishi, qulay va munosib vaqt ekanligi maʼqul boʻldi“[2].
Nishonlanishi
tahrirButunjahon Veganlar kuni turli mamlakatlarda turli yillardan boshlab nishonlangan.
• Avstraliyaning Melburn shahrida bayram 2003-yildan beri oktyabr oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi. Tadbirning uyushtirilishi dastlab Veganlar Birlashmasi (inglizcha: Vegans Unite) vegan ijtimoiy guruhi aʼzolari tomonidan boshlangan va hozirda Viktoriya Vegetarianlari bilan bogʻliq qoʻmita tomonidan uyushtiriladi. Bayramda koʻplab guruhlar tomonidan har xil eko-doʻkonlar tashkil etiladi.
• Avstraliyaning Adelaida shahri har yili noyabr oyining birinchi yakshanbasida Butunjahon Veganlar kunini nishonlaydi. Birinchi Veganlar festivali 2007-yil 4-noyabrda boʻlib oʻtgan. Tadbir volontyorlar va turli tashkilotlar aʼzolari ishtirokida oʻtkazilishi mumkin. Kas Ward Adelaida shahrida Veganlar festivaliga asos solgan va tadbir koordinatori hisoblanadi.
-
Tadbirdan lavha
-
Tadbir ishtirokchisi
-
Veganlar koʻchada bananli shokoladli kekslar tarqatmoqda
-
Vegan pishirilgan turli nonlar bilan koʻcha plakati oldida
Manbalar
tahrir- ↑ michael.burton@prhacker.com „World Vegan Day“ (en-US). National Today (2020-yil 30-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 9-aprel.
- ↑ „Transcript of Louise Wallis' Live ARZone Guest Chat - Animal Rights Zone“. arzone.ning.com (2011-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.