Butunjahon Vegetarianlar kuni har yili 1-oktyabrda butun sayyora boʻylab nishonlanadi. Bu bayramga "Vegetarianlikning baxtiyorlik, gʻamxoʻrlik va hayotni yaxshilash imkoniyatlarini targʻib qilish" kuni sifatida 1977-yilda Shimoliy Amerika Vegetarianlar Jamiyati tomonidan asos solingan va 1978-yilda Xalqaro Vegetarianlar Ittifoqi tomonidan tasdiqlangan. Bayram insonlarni vegetariancha turmush tarzining axloqiy, ekologik, salomatlikka doir va gumanitar foydalari haqida xabardor boʻlishga chorlaydi[1][2]. Butunjahon Vegetarianlar kuni 1-oktyabr sanasidan boshlab Vegetarianlar haqida xabardor boʻlish oyligini boshlab beradi va uning oʻtkazilishi 1-noyabr Butunjahon Veganlar kuni bilan tugaydi[3]. Vegetarianlar haqida xabardorlik oyi "Hayotga hurmat oyi", „Vegetariancha taomlar oyi“ va boshqa shu kabi nomlar bilan tanilgan[4].

Butunjahon Vegetarianlar kuni
Rasmiy nomi Butunjahon vegetarianlar kuni
Nishonlovchilar Sayyoramizdagi vegetarianlar
Sana 1-oktyabr
Nishonlanishi Mahalliy, mintaqaviy va milliy guruhlar vegetarianlik amaliyotlarining maqbulligi va afzalliklarini targ'ib qilish uchun tadbirlar tashkil qiladi.

Qoʻshimcha kunlar

tahrir

Vegetarianlik ahamiyatiga ega boʻlgan quyidagi bir necha muhim kunlar Vegetarianlar haqida xabardorlik oyligiga kiritilgan yoki undan tashqari ham nishonlanadi[5]:

• Sentyabr oyi – Milliy meva va sabzavotlar oyligi;

• 29-sentyabr – Butunjahon Yurak kuni[6];

• 1-oktyabr – Butunjahon Vegetarianlar kuni[7][8][9][10];

• 2-oktyabr – Butunjahon fermer xoʻjaligi hayvonlari kuni(inglizcha: World Farm Animals Day (WFAD))[11];

• 4-oktyabr – Butunjahon Hayvonlar kuni;

• 4-oktyabr – Goʻshtsiz taomlanish kuni[12][13];

• 1–7-oktyabr – Xalqaro Vegetarianlar haftaligi (inglizcha: International Vegetarian Week (IVW)) – sayyoramizning bir qancha mamlakatlarida (ayniqsa, Yevropada) vegetariancha turmush tarzini targʻib qilish uchun koʻplab ommaviy taʼlim dasturlari va bayram tadbirlari tashkil etiladi;

• 1-noyabr – Xalqaro Veganlar kuni, shuningdek, Butunjahon Veganlar kuni sifatida ham tanilgan boʻlib, bayram 1994-yildan beri Vegan jamiyati tashkil etilgan kun munosabati bilan nishonlanib kelinadi[14];

• Noyabr oyi – Vegan xabardorligi oyi yoki Butunjahon Vegan oyi[15][16][17].

Manbalar

tahrir
  1. „Home“. World Vegetarian Day.
  2. „North American Vegetarian Society | NAVS | Become a Member“. North American Vegetarian Society.
  3. Hultin, Ginger „Why Celebrate Vegetarian Awareness Month? - Food & Nutrition Magazine“. foodandnutrition.org (2021-yil 13-oktyabr). 2023-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
  4. „World Vegetarian Day: Encourage yourself & others to be Vegetarian“ (en-US). SA News Channel (2021-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 2-oktyabr.
  5. „About NAVS, discusses how NAVS sponsors for IVU in North America the annual World Vegetarian Day, which opens Vegetarian Awareness Month (October)“. 2016-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
  6. „World Heart Day“.
  7. „Happy World Vegetarian Day!“. International Business Times (2015-yil 30-sentyabr).
  8. „01 October 2016 - World Vegetarian Day, IDEA (International Dialogue for Environmental Action)“. 2019-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
  9. „Manzelli, A. Happy World Vegetarian Day (poll), Global Animal, October 1, 2012“. 2013-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
  10. „About NAVS, discusses how NAVS sponsors World Vegetarian Day for IVU in North America“. 2016-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
  11. „Home“. World Day for Farmed Animals.
  12. „LoveToKnow - Live a Life You Love“. LoveToKnow.
  13. Josh, Jagran „Current Affairs October 2015 eBook: by Jagran Josh“. Jagran Josh.
  14. „Joseph, C. World Vegan Day. Veganlogy. April 29, 2011, accessed June 26, 2016“. 2012-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
  15. „This World Vegan Month, we are very pleased to announce the launch of our brand new app, VeGuide, that will make going vegan easier than ever. The Vegan Society. Accessed 8/28/2019“. 2018-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
  16. „World Vegan Month“. Days Of The Year.
  17. Calendar, National Day „WORLD VEGAN MONTH | November“ (2015-yil 28-sentyabr).