Butunjahon pochta ittifoqi (BPI frans. Union postale Universelle) — 1874-yili Bern shartnomasi imzolanishi natijasida tashkil qilingan[2], Birlashgan Millatlar tashkilotining (BMT) ixtisoslashgan muassasasi hisoblanadi. Ittifoq vazifasi aʼzo davlatlar oʻrtasida pochta aloqalarini muvofiqlashtirishdan iborat.

Butunjahon pochta ittifoqi
Qisqartma BPI
Turi Birlashgan Millatlar tashkilotinining ixtisoslashgan muassasasi
Maqomi Faol
Ishga tushgan sanasi 9-oktyabr, 1874-yil (150 yil avval) (1874-10-09)
Joylashuvi Bern Shveysariya
Direktori Bosh direktor
Masahiko Metoki[1]
Bosh mahkamasi Birlashgan millatlar tashkilotining iqtisodiy va ijtimoiy kengashi
Vebsayti www.upu.int/
Universal Postal Union member states.svg

Tashkilot haqida

tahrir

1874-yil 9-oktabr kuni Shveysariya poytaxti Bern shahrida Butunjahon pochta ittifoqi (BPI) tashkil topgan va har yili ushbu sanada Butunjahon pochta kuni nishonlanadi, deb xabar beradi „Oʻzbekiston pochtasi“ AJ. 9-oktabrni Butunjahon pochta kuni deb eʼlon qilish haqida 1969-yili Tokio shahrida boʻlib oʻtgan Butunjahon pochta ittifoqining navbatdagi Kongressida rasman qaror qabul qilingan. Butunjahon pochta kunining asosiy maqsadlaridan biri pochta sohasini davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qoʻshayotgan hissasini tatbiq etishdir. BPIga aʼzo-davlatlar tomonidan milliy pochta xizmati faoliyatiga oid tadbirlar dasturlari qabul qilinib ommaviy axborot vositalari orqali yoritib oʻz aholisini tanishtirishga harakat qiladi. 1994-yili Oʻzbekiston Respublikasi Butunjahon pochta ittifoqiga toʻla huquqli aʼzo davlat sifatida qabul qilinib, bugungi kunda dunyoning deyarli barcha davlatlari bilan xalqaro pochta almashinuvlarini amalga oshirib keladi. Har yili 9-oktabr xalqaro miqyosda Butunjahon pochta aloqasi kuni sifatida keng nishonlanadi. Mazkur sananing tarixiy asosi mavjud: aynan shu kunda Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus agentligi hisoblangan Butunjahon pochta ittifoqiga asos solingan. Butunjahon pochta ittifoqining tashkil qilinganiga 141 yil boʻldi. Ushbu agentlikka 190 ziyod davlatlar aʼzo boʻlishgan. Oʻzbekiston Respublikasi ham 1994-yildan boshlab ushbu ittifoqning teng huquqli aʼzosi sifatida xalqaro pochta maʼmuriyati markazlari bilan aloqani yoʻlga qoʻygan. Butunjahon pochta aloqasi pochta xizmatlarini muvofiqlashtirish, nazorat qilishni tashkil qiluvchi muhim muassasa hisoblanadi. Shuningdek, u xalqaro pochta xizmatlarini koʻrsatuvchi idora va kompaniyalar oʻrtasidagi hamkorlikning bosh mexanizmi hisoblanadi. Ittifoq tomonidan aʼzo davlatlarning pochta tizimini takomillashtirish yuzasidan tavsiya va texnik koʻmak koʻrsatiladi. Uning asosiy vazifalari: butunjahon pochta xizmatlarini rivojlantirishga, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda pochta joʻnatmalari yanada oʻsishiga koʻmaklashish hamda mijozlarga koʻrsatilayotgan pochta xizmatlari sifatini yanada takomillashtirish. Keng qamrovli pochta aloqasi tarmoqlari yordamida mazkur pochta maʼmuriyati dunyodagi eng katta tarmoq va iqtisodiyotning muhim segmentlari faoliyatini taʼminlaydigan jahon infratuzilmasining muhim boʻgʻini hisoblanadi. Tashkilot tomonidan berilgan maʼlumotlarga qaraganda, bugungi kunda jahonda pochta xizmatlari boʻlinmalari 600 mingtani tashkil etar ekan. Milliy operator sifatida „Oʻzbeksiton pochtasi“ AJ Respublikaning butun hududida pochta aloqasining universal xizmatlarini koʻrsatadi va 107 mamlakat bilan pochta xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Mamlkatimizning eng chekka hududlarida ham pochta xizmatlarini koʻrsatuvchi boʻlinmlar faoliyati tashkil etilgan. Pochta aloqasi tarmogʻini modernizatsiyalash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida xizmatlarning yangi turlarini joriy etish va rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida „Oʻzbekiston pochtasi“ OAJ pochta aloqasi ob’ektlari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarning masshtabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bilan kengaymoqda. Jamiyatning korporativ kompyuter tarmogʻidagi „Elektron pul oʻtkazmalari“, „Toʻlovlarni qabul qilish tizimi“, „Pensiya toʻlovlari hisob-kitobi va nazorati tizimi“, „Roʻyxatga olinuvchi pochta joʻnatmalarini nazorat qilish tizimi“ va „Obuna“ avtomatlashtirilgan tizimlariga pochta aloqa ob’ektlari bogʻlandi. Kompyuterlashtirilgan pochta aloqa ob’ektlari soni 1728 tani tashkil etib, shundan 1542 tasi pochta aloqa boʻlimlari, yaʼni 52 foizni tashkil etdi (jami 2988 ta aloqa boʻlimi). Pochta aloqa boʻlimlarini kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish tizimlariga bogʻlash boʻyicha ishlar davom ettirilmoqda. Pochta aloqasi xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, eʼtiroznoma tushgan xalqaro posilkalarni tez va samarali qidirish boʻyicha Butunjaxon pochta ittifoqining „IBIS“ xalqaro axborot tizimiga hamda xalqaro xat-xabarlarni (buyurtmali, qiymati eʼlon qilingan va Express joʻnatmalarni) qidirishda eʼtiroznomalarni pochta operatorlari oʻrtasida elektron shaklda almashish imkonini beruvchi „PRIME“ tizimiga ulandi. Ushbu tizimlardan foydalanishning yoʻlga qoʻyilishi — pochta operatorlari oʻrtasida eʼtiroznomalar almashinuvini tezlashtirish imkoniyatini beradi. Xalqaro posilkalarni chet davlatlarga arzon tariflarda va tez yetkazib berish uchun optimal yoʻnalish rejasini tuzish imkoniyatini beruvchi „Xalqaro posilkalar yoʻnalish rejasini tuzishni avtomatlashtirish“ dasturi joriy etildi. </ref>

Manbalar

tahrir
  1. „Director General“. UPU. Qaraldi: 2022-yil 8-oktyabr.
  2. „Universal Postal Union“. UN Chief Executives Board Secretariat (24-oktabr 2020-yil). 2020-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-noyabr 2020-yil.