Bobo, buva — 1) otaning va onaning otasi; 2) turkiy xalqlar oʻzidan oldingi yetti pusht (nayel) shajarasini bilishi shart boʻlgan. Shu yetti pushtning birinchisi katta B. deyilgan; 3) hozir qarindosh boʻlmagan yoshi ulugʻ keksa kishilarga murojaat qilganda ham hurmat yuzasidan B. soʻzi ishlatiladi; 4) azizavliyolar nomiga qoʻshib ishlatiladi: mas, shayx Zayniddin bobo va boshqa; 5) buxoroning katta dahalaridagi bosh mirshab unvoni.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil