Buxenvald (Buchenwald) — nemisfashistlarning Veymar shahri (Sharqiy Germaniya) yaqinidagi konslageri (1937—45). Dastlab Ettersberg deb atalgan. 8 yil ichida 239 mingga yaqin kishi B. mahbusi bo‘lgan. Urush yillarida B.da 18 millatga mansub 56 ming mahbus qatl etilgan. 1958 yil B.lageri o‘rnida memorial kompleks ochilgan.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil