Buxoriy Mirzo Shams (1804?) - buxoro amirligi davrida yashagan tarixnavis olim; saroy munshiylari avlodidan.

B. oʻz ajdodlari izidan borib, Buxoro amiri saroyida munshiylik qilgan. 1845-yil u Makkaga hajga ketib, u yerdan 1849-yil qaytib kelgan, 1859-yil esa Orenburgga tijorat ishlari bilan borganda sharqshunos V. V. Grigorev unga Buxoro va Qashqar xususida tarixiy asar yozishni maslahat bergan. Shunga koʻra B. "Bayoni ba’zi havodisoti Buxoro, Xoʻqand va Qoshgʻar" ("Buxoro, Qoʻqon va Qashqarning ayrim voqeahodisalari bayoni") kitobini bitgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Grigorʼyev V. V. O nekotorykh sobytiyakh v Bukhare, Kokande i Kashgare. Zapiski Mirza Shamsa Bukhari, Kazanʼ, 1861.