Buxoriy Nosir (14-asr boshlari, Buxoro — 1378, Tabriz) — shoir. Xorijiy Sharq mamlakatlariga sayohat qilgan. Asarlarida vatanparvarlik gʻoyalarini ilgari surgan, insoniy muhabbatni kuylagan. Gʻazallarida Sa’diy, Umar Xayyom, Ibn Yaminlarning ta’siri seziladi. Davlatshoh Samarqandiyning "Tazkirat ushshuaro" (1486), Abdurahmon Jomiyning "Bahoriston" (1487), Alisher Navoiyning "Mahbub ulqulub" (1501), Amin Axmad Roziyning "Haft iqlim" (1593) asarlarida B. ijodi yuqori baholangan. 1454-yilda Mahmud kotib tomonidan koʻchirilgan devoni bor. Devondan mashhur kishilarga atalgan qasidalar, hayitlar munosabati bilan yozilgan gʻazallar va qitalar joy olgan boʻlib, jami 7 ming baytni tashkil etadi. B. qoʻlyozmalari Tojikiston Sharqshunoslik instituti (inv. № 8847), Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti Sankt-Peterburg boʻlimi (inv. № 1642) hamda Tehron untida (inv. № 2418) saqlanadi.Ad.: Abdullayev I., Nosir Buxoriy, T., 1969.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil