Buxoro kandakorlik maktabi
Buxoro kandakorlik maktabi — kandakorlik san’atidagi oʻziga xos uslub. 19-asrda shakllangan. Buxoro kandakorlik buyumlari shakli sodda, xushbichimligi, naqshlari esa murakkab va nafisligi bilan ajralib turadi. Koʻkon kandakorlik maktabi yaratgan san’at asarlariga qaraganda Buxoro kandakorlik maktabi m. badiiy buyumlarining naqshlari bir oz yirikroq boʻlib, asosan me’moriy obidalar tasvirlari aks ettirilgan. "Mehrob", "Madohil", "Hisht", "Nimhisht" va boshqa naqsh elementlaridan foydalanib, islimiy naqshlar chizilgan. Buyumlarga kesma usulida zarb berilgan. 19-asr—20-asr boshida bezak mujassamotida yozuvnaqsh (husnixat) keng oʻrin oldi, yozuvlar oʻsimliksimon naqshlarga oʻxshatib zarb qilindi. Buxoro kandakorlik maktabi m. vakillari: Shodi Muhammad (18-asr), Hakim Buxoriy (19-asr), Olim Abdusalomov, Gʻulom Hasanov, Olloyor Yoʻldoshev (20-asr boshlari) va boshqa, 20-asrda Muxtor Muhsimov, Muqaddam Mukarramov, Abdusalom Hamidov, Us t a Salim kabilar bu san’at rivojiga katta hissa qoʻshdilar. 1968-yilda tashkil etilgan kandakorlik sexlarida mehnat qilayotgan kandakorlar qad. san’atni oʻzlashtirib, Buxoro kandakorlik maktabi m. an’analarini rivojlantirmoqsa.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |