Buxoro miniatyura maktabi — Oʻzbekiston miniatyura san’atidagi oʻziga xos yoʻnalish. Oʻrta asrlar (16— 17-asrlar)da Buxoroda shakllangan. Buxoro miniatyura maktabi m.ning rivojlanish davri Buxoroda Shayboniyxonlar (16-asr), Ashtarxoniylar (17-asr) hukmronligi davriga toʻgʻri keladi. Hirot miniatyura maktabi ta’sirida rivojlangan Buxoro miniatyura maktabi m. dastlab Buxoroga kelgan Hirot miniatyura maktabi vakillarining ijodi bilan bogʻliq boʻlgan va mahalliy badiiy an’analar ta’sirida shakllanayotgan mustaqil uslubni aks ettirgan oqimlar koʻrinishida boʻlib, 1550-yillar oʻrtalaridan mustaqil rivojlangan. Umumlashtirish, shaklning ixchamligi, kiyim va bezaklarning aniq hamda yirik ishlanishi, boʻshliqning bir tekis tuzilishi, me’moriy tasvir va zaminning soddalashtirilishi kabi xususiyatlarga ega boʻlgan. Umumiy ranglar yorqin, tiniq (toʻq sariq va qora ranglar ustunligi seziladi), rasmlar uchun yaratuvchanlik, tantanavorlik ruhi xos boʻlgan. Rasmlarda qabul sahnalari, tabiat ogʻushidagi uchrashuvlar, maishiy manzaralar, saroy hayotidan olingan axloqiy lavhalar va boshqa mavzular keng oʻrin olgan; koʻchmanchi hayot koʻrinishlari, mahalliy etnik turlar ham uchraydi. 16-asr oxiridan tasviriy san’atda mavjud an’anaviy, rasmiy dabdabali yoʻnalish bilan bir qatorda demokratik mavzular shakllandi va mustahkamlandi, shahar hayotidan olingan janrli lavhalar, hunarmandlik mavzularining soni koʻpaydi. Buxoro miniatyura maktabi m.ning yirik vakillari: Mahmud Muzahhib, Shayxzoda, Abdulla Musavvir (16-asr); Muhammad Sharif, Muhammad Muqim, Avaz Muhammad, Muhammadamin, Farhod, Mulla Behzod, Xoʻja Gadoy (17-asr) va boshqa 16-asr oxiri va 17-asr boshlarida Movarounnahrning qoʻshni mamlakatlar bilan aloqalarining kuchayishi tufayli Buxoro miniatyura maktabi m. vakillari asarlarida Hindiston va Eron tasviriy san’atining ta’siri oʻz ifodasini topgan. Bu maktab vakillari tomonidzn Sa’diyning "Boʻston" (157576), Jomiyyaning "Tuhfat ulahror" (16-asrning 70-yillari), Dehlaviynint "Tarixi Xizrxon" (1579), Nizomiyning "Hamsa" (1648, hammasi SanktPeterburgdagi SaltikovShchedrin nomidagi kutubxonada), Firdavsiyning "Shohnoma" (1664, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida) asarlari, shuningdek tarixiy, diniy asarlar badiiy bezatilgan. Kitoblarni bu tarzda bezash keyingi davrlarda ham davom etdi, mas, Ahmad Donish, Abdulxoliq Maxdum va boshqa 20-asr 20-yillarida Buxoro miniatyura maktabi m. an’analari usta Nabi Hafizov (plakatlar ishlagan), S. Pochayev ijodida davom ettirildi.Ad.: Pugachenkova G. A., Rempel L. I., Vidayushiyesya pamyatniki izobrazitelnogo iskusstva Oʻzbekistana, T., 1960; Sredneaziatskiye miniatyuri 16—18 vv., M., 1964; Pugachenkova G. A., Rempel L. I., Ocherki iskusstva Sredney Azii, M., 1982.El’mira Ismoilova.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil