Buxoro viloyat qoʻgʻirchoq teatri

Buxoro viloyat qoʻgʻirchoq teatri — bolalar teatri. 1982-yil Buxoro shahrida tashkil etilgan. Oʻzbek va rus guruhlari mavjud. A. Abdullayev, G. Fayziyeva, N. Rahmatova, Sh. Jabborov, omoshalarini ijodiy oʻzlashtirgan holda, chet el qoʻgʻirchoq teatrlari san’ati yutuqlari bilan oʻz san’atlarini boyitdilar. Eng yaxshi spektakllari: "Chodirjamol", "Doʻstlik sinovi" (qarang Majidov), "Baxt axtargan Hasan" (Ye. Speranskiy), "Senimi boʻri, shoshmay tur" (A. Kurlyanskiy, A. Xait), "Karvonsaroy" (Sh. Yusupov), "Mittimiton" (M. Xalil), "Miyov ismli mushukcha" (Nguyen Din Txi), "Obi hayot" (G. Aliyeva), "Eng kichik Gnom" (V. Seduxin) va boshqa Bosh rej.— Galina Aliyeva (1998-yildan).[1]

Manbalar tahrir

  1. "Buxoro viloyat qoʻgʻirchoq teatri" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil