Buxoro xattotlik sanʼati tarixi muzeyi

Buxoro xattotlik sanʼati tarixi muzeyi — Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi tarkibidagi muzey. Mazkur muzey Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi tarkibida 1990-yilda tashkil etilgan. Mazkur muzey Ulugʻbek madrasasi darsxonasida joylashgan.

Buxoro xattotlik sanʼati tarixi muzeyi
Buxoro xattotlik sanʼati tarixi muzeyi Ulugʻbek madrasasi darsxonasi ichida joylashgan
Asos solingan sanasi 1990-yil
Manzili Buxoro shahar
Sayti https://www.bukharamuseums.uz

Muzey tarixi

tahrir

Mazkur muzey 1990-yilda tashkil etilgan. Ushbu muzey Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi „Arab yozuvidagi qoʻlyozmalarni ilmiy oʻrganish“ markazidagi noyob eksponatlar asosida „Buxoro xattotlik sanʼati tarixi“ sifatida qayta tashkil etilgan. Markaziy Osiyo xalqining koʻp asrlik ilmiy-adabiy, tarixiy-qomusiy merosi qoʻlyozma shaklida yetib kelgan. Mazkur muzey koʻrgazmalarida yillar mobaynida toʻplangan musulmon Sharqining ustalari yaratgan xattotlik sanʼatining VII—XXI asrlarga oid namunalari qoʻyilgan. Muzeyda xattotlik sanʼatidan Movarounnahr badiiy hunarmandchiligiga oid musulmon meʼmorchiligi yodgorliklari — masjid, madrasa, maqbaralar bezaklari, arab alifbosidagi epigrafik yozuvlarni uy-roʻzgʻor buyumlarda, sopol, mis, bronzadan tayyorlangan idishlar, yogʻoch oʻymakorligida, toʻnlarda, tumorlarda va boshqa buyumlarida kuzatishimiz mumkin. Xattotlikda arab alifbosining quyidagi turi keng qoʻllanadi: muhaqqaq, rayhoniy, suls, nasx, tavqiʼ, riqoʼ, taʼliq. Ushbu muzey hozirgi kunda ham faoliyat yuritib kelmoqda[1].

Muzey ekspozitsiyasi

tahrir

Muzey 3 boʻlimdan iborat boʻlib, birinchi boʻlimda xattotlik sanʼatidan Movarounnahr badiiy hunarmandchiligiga oid, sopol, mis, bronzadan tayyorlangan buyumlar, musulmon meʼmorchiligi yodgorliklari — masjid, madrasa, maqbaralar bezaklari, arab alifbosidagi epigrafik yozuvlarni uy-roʻzgʻor buyumlarda, yogʻoch oʻymakorligida, toʻnlarda, tumorlarda va boshqa buyumlarida kuzatishimiz mumkin. Ikkinchi boʻlimda „ Buxoro xattotlari“ va Buxoroda xattotlik taraqqiyoti va uning madaniy hayotda tutgan oʻrni mavzulari ochilgan. Uchinchi boʻlimda badiiy ijodda xattotlik, yozuv sanʼatining oʻrni mavzulari yoritilgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. Ernazarov E. Buxoro davlat meʼmoriy-badiiy muzey-qoʻriqxonasi (ўзбек, рус ва инглиз тилларида). SM Print: Toshkent, 2004 — 223-bet. 
  2. Арсланова Ф, Алиев Р. Музеи древней Бухары (ўзбек, рус ва инглиз тилларида). Бухоро нашриёти: Бухоро, 2015 — 96-bet.