Buxoroning bombalanishi“ — rassom Vyacheslav Oxunov tomonidan 1987-yilda chizilgan triptix. Surat 1988-yil 2-sentabr kuni Londonda joylashgan Ogʻaxon jamgʻarmasiga qarashli „Zamon“ galereyasida namoyish etilgan. Ushbu sanʼat asari Turkfront qoʻshinlarining qoʻmondoni Frunze tomonidan 1920-yil 1-sentabr kuni Buxoroning bombarminon qilish orqali 2-sentabr kuni ishgʻol qilinishiga bagʻishlangan[1][2]. Tanqidchilar kartinani Arkadiy Plastovning „Fashist uchib o‘tdi“ va Pablo PicassoningGernika“ asarlaridan emotsional jihatdan ustun ekanini taʼkidlashgan[3]. Suratning kengligi yetti metr, balandligi esa ikki metr bo‘lib, unda mavhum shakllardan iborat tasvir shiddatli tartibsizliklar sahnasini oʻzida aks etgan, bu yerda gumbaz, qulab tushayotgan figuralar va tuvaldan otilib chiqayotgan qoʻllarni koʻrish mumkin[4].

Buxoroning bombalanishi

Buxoroning bombalanishi asari
Rassom Vyacheslav Oxunov
Yil 1987-yil
Oʻlchami 2 m × 7 m (6 ft 7 in × 23 ft)
Joylashuvi Oʻzbekiston Davlat Sanʼati muzeyi, Toshkent
Vyacheslav Oxunov va Buxoroning bombalanishi asari. London, 1988-yil

Surat tarixi va Oʻzbekistonga olib kelinishi tahrir

Vyacheslav Oxunov suratni 1987-yili chizib tugatgan. Rassom talabalik davrida „Voyna v peskax. Materiali po istorii grajdanskoy voyni“ (Qumdagi urush. Fuqarolar urushi tarixi bo‘yicha materiallari) asarini oʻqigan va bu asar orqali Buxoroning bombardimon qilinganini bilib olgan[5]. Buxorolik mashhur rassom Zelimxan Saidjanov, Oxunovga Buxoroning bombardimon bo‘lganidan keyin olingan suratlarni arxivdan olib ko‘rsatgan. Kartina namoyishidan so‘ng oʻtkazilgan badiiy kengashda rassom qattiq tanqid qilingan va yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblangan chog‘ida, keksa olim Lazar Rempel so‘zga chiqib, Oxunovning tarafini olgan, haqiqatdan Buxoro bombardimon qilinganini aytgan[4].

Surat dastlab Londonda soʻngra AQShning Nyu York shahridagi xususiy kolleksiyada saqlanib kelingan. Suratni Oʻzbekistonga olib kelinishining tashabbuskorlaridan biri YUZUK nodavlat tashkiloti rahbari Dilbar Gʻafforovadir[6][7]. Suratning Oʻzbekistonga olib kelinishiga Oʻzbekiston Respublikasining prezidentining qizi Saida Mirziyoeva bosh qosh boʻlgani aytiladi[8]. 2023-yil 25-mart kuni Toshkentga olib kelingan surat Vyacheslav Oxunov tomonidan 1984-yilda chizilgan Choʻlpon portreti bilan birga Oʻzbekiston Davlat Sanʼati muzeyiga topshirilgan[9]. Biroq, Buxoroning bombardimon qilinishi asarining namoyishiga nomaʼlum sabablarga koʻra ruxsat berilmagan. Rassom Vyacheslav Oxunov muzey rahbari Vasila Fayziyevani suratni muzeyning ekspozitsiya zaliga osishga ruxsat bermaganini oʻz intervyusida aytib oʻtgan[6][10][11]. Suratni O‘zbekistonga olib kelinishiga Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekistonning Frankfurtdagi Bosh konsulligi, O‘zbekiston madaniy meros agentligi, Sanʼat va madaniyat jamg‘armasi va O‘zbekiston havo yo‘llari shirkati hissa qo‘shgan[8].

YUZUK tashkilotining rahbari Dilbar G‘afforova bu holat boʻyicha shunday fikr bildirib oʻtgan:

Kartinaning so‘nggi manzili endi Buxoroda ochilajak Jadidlar muzeyi bo‘lishi kerak. San’at muzeyiga berilmaydi.

Surat 2023-yilning 20-aprel kuni muzey tomonidan rasman namoyish uchun olib chiqildi. Bu haqida Dilbar Gʻafforova oʻzining Yuzuk Art nomli Facebook sahifasida xabar qoldirgan[12].

Manbalar tahrir

  1. „“Kichik qiyomat”. Bundan 101 yil avval Buxoro amirligi vahshiyona tugatilgan edi“. 2023-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-aprel.
  2. „Бухоро қандай бомбаланган эди ёки музей директори нега қочди?“. 2023-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-aprel.
  3. Бобожон/Озодлик, Шуҳрат. „Buxoroning Rossiya "Qizil armiyasi" tomonidan ishg‘ol etilgani 100 yilligi O‘zbekistonda eslanmadi“ (uz). Озодлик радиоси (2020-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 5-aprel.
  4. 4,0 4,1 „Buxoroning bombalanishi“. 2023-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-may.
  5. Бобожон/Озодлик, Ҳурмат. „“Бухоронинг бомбаланиши” ёки Путин сояси тушган кўргазма“ (uz). Озодлик радиоси (2023-yil 31-mart). Qaraldi: 2023-yil 5-aprel.
  6. 6,0 6,1 Бобожон/Озодлик, Ҳурмат. „“Бухоронинг бомбаланиши” ёки Путин сояси тушган кўргазма“ (uz). Озодлик радиоси (2023-yil 31-mart). Qaraldi: 2023-yil 5-aprel.
  7. „Dilbar G‘afforova: Rauf Parfiga haykalni uning muxlislari o‘rnatdi“. 2023-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-aprel.
  8. 8,0 8,1 „Saidaning bombasi“. 2023-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-aprel.
  9. „Rauf Parfi haykali Toshkentda“. 2023-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-aprel.
  10. Рао/Ро. „Дар Тошканд ба намоиши "Бомбаборони Бухоро" иҷозат надоданд“ (tg). Радиои Озодӣ (2023-yil 3-aprel). Qaraldi: 2023-yil 5-aprel.
  11.   Rauf Parfi haykali taqdimotida "Buxoroning bombalanishi" asari qo'yilmadi YouTubeda // ELTUZ. 2023-yil
  12. Dilbar Gʻafforovaning Yuzuk Art nomli sahifasi Facebook