Buyruq

yakka hokimlikka asoslangan huquqiy hujjat

Buyruq — 1) yakka hokimlikka asoslangan huquqiy hujjat. Muayyan muassasa yoki boshqa tur tashkilot oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qoʻllanadi. Mohiyat-eʼtibori bilan buyruqlar ikkita boʻlinadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlar shaxsiy tarkibiga oid. Ular ketma-ket tartibda alohida raqamlanadi va ayrim saqlanadi. Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asoslovchi (kirish) qismida buyruqdan maqsad, shartsharoitlar, sabablar koʻrsatiladi, asos qilib olinayotgan buyruq havola qilinadi (nomi, raqami, sanasi yoziladi). Baʼzi buyruqni asoslashga hojat boʻlmasligi mumkin, bunday hollarda ular toʻgʻridantoʻgʻri farmoyish qismi bilan ham berilaveradi; 2) Qurolli Kuchlarda boshliqning oʻz qoʻl ostidagilarga yozma yoki ogʻzaki ravishda bergan farmoyishi; bu farmoyish boʻysunuvchilar uchun qonun hisoblanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil