Madrasa
Buyuk allomalar muzeyi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Fargʻona viloyati
Shahar Qoʻqon
Manzil Yangi chorsu koʻchasi 266
Mulkdor Davlat mulki. Fargʻona viloyati madaniy me'ros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida. 2018-yildan beri Qoʻqon davlat muzey qoʻriqxonasiga tarkibodagi filliallardan biri
Meʼmoriy uslub Modern
Meʼmor Sergo Sutyagin
Holati Qoʻqon davlat muzey qoʻriqxonasi filliali
Sayt [Facebook sahifasi Rasmiy sayt]


Buyuk allomalar muzeyi - Qoʻqon shahridagi madaniy-maʼrifiy muassasa. “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasi tarkibidagi fillial bo'lib, 2018-yilda Qo'qon shahrida tashkil etilgan. 

Tashkil topishi tahrir

2017-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Qo'qonda O'zbekistonning buyuk mutafakkirlariga bag'ishlangan muzey tashkil etildi [1]. Muzeyni qurish loyihasi taniqli me'mor Sergo Sutyaginga tegishli. Shundan soʻng muzeyda keng koʻlamli ta’mir ishlari olib borildi. Ma’nan eskirgan ashyolar yigʻishtirilib, muzey zamon talablariga javob beradigan holga keltirildi. Muzey zallari kengaytirilib, zarur texnik vositalar bilan jihozlandi.

“Tarixiy merosni asrab avaylash, oʻrganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir”.

Shavkat Mirziyoyev

Ekspozitsiya tahrir

Muzey ekspozitsiyasi 5 qismdan iborat bo’lib 3 qavatda joylashgan.


I. Ilk oʻrta asrlarda Markaziy Osiyoda ilm-fan va madaniyat.

II. Temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat.

III. XVIII-XIX asrlarda ilm-fan va adabiyot.

IV. Milliy uygʻonish (jadidlik) davrida

ilm-fan va adabiyot.

V. XX asrda ilm-fan va madaniyat.



I Qism tahrir

Ilk oʻrta asrlarda Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan Muso Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad Farg’oniy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg’ariy, Ahmad Yassaviy, Mahmud Zamaxshariy, Burhoniddin Marg’inoniy kabi buyuk allomalar hayoti, ilmiy ijodiy faoliyatiga oid ma’lumotlar, ular yaratgan asarlarining noyob qo’lyozma nusxalari namoyish etilmoqda.

II Qism tahrir

Temuriylar davrida yaratilgan ilm-fan va madaniyatga doir osori-atiqalar, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Sa’diddin Taftazoniy, G’iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi, Mirxond, Alisher Navoiy, Xoja Ahror Valiy, Maxdumi A’zam, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi allomalarga oid tarixiy asarlar namoyishga qoʻyilgan.

III Qism tahrir

XVIII-XIX asrlarda Farg’ona vodiysidan yetishib chiqqan Mashrab, Huvaydo, Sadoyi, Nizomiy Xo’qandiy, Azimiy, Uvaysiy, Amiriy, Nodira, Hakimxon To’ra, Gulxaniy, Fazliy, Muhyi, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Mahmud Hakim Yayfoniy, Haziniy kabi ulugʻ siymolar hayoti, ijodi yoritilgan.

IV Qism tahrir

Turkistonda jadidchilik harakati va uning mashhur namoyandalari Behbudiy, Fitrat, A. Avloniy, H. H. Niyoziy, A. Zohiriy, I. Davron, I. Ibrat hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan. Shuningdek, bu qismdan Qo’qon xattotlik san’ati, milliy hunarmandchilik hamda ziyoratgohlarga doir ma’lumotlar va eksponatlar joy egallagan.

V Qism tahrir

XX asrda Fargʻona vodiysidan yetishib chiqqan ulugʻ olimlar - akademiklar: Toshmuhammad Qori-Niyoziy, M. O’rozboyev, T. Zohidov, J. Saidov, A. Muhammadiev, R. Aminova, Poʻlatjon Qayyumov, Bokiy, M. Rahmonov, Aziz Qayumov, L. Qayumov, M. Hayrullayev, G’. Abdurahmonov va boshqa siymolarning hayoti va ilmiy ijodiy faoliyatini aks ettiruvchi materiallar va eksponatlar o’rin olgan.



Shuningdek, muzey qoshida “Allomalar vorislari” nomli o’quv-axborot markazi tashkil etilgan bo’lib, bu markaz ilmga va ijodiy faoliyatga qiziquvchi yoshlar uchun mahorat maktabi vazifasini oʻtaydi.

Havolalar tahrir

Manbalar tahrir

  1. [1]