Buyuk madrasa (grekcha: Μεγάλος Μεντρεσές Megálos Mentresés, turkcha: Büyük Medrese) Kiprning Nikosiya shahrida bunyod etilgan madrasa (maktab).

Bu Kiprdagi birinchi madrasa hisoblanadi. Uning binosi 1573-yilda qurilgan. U sinf xonalari va yotoqxonalarni oʻz ichiga olgan va 1828-yilda hovlsida favvora barpo etilgan. Madrasa binosi 1936-yilda buzib tashlangan, ammo taʼlim 1939–1940 oʻquv yiligacha davom etgan va 1940-yilda toʻliq tugatilgan.

Madrasani Ismoil ogʻa hadya qilgan va u Evkaf maʼmuriyatiga tegishli[1][2].

Manbalar

tahrir
  1. Gazioğlu, Ahmet C. (1990). The Turks in Cyprus: a province of the Ottoman Empire (1571–1878), 198, K. Rüstem.
  2. Hakeri, Bener Hakkı. (1992). „Büyük Medrese“. Kıbrıs Türk Ansiklopedisi I: 69. Kıbrıs Gazetesi Yayınları.