Buyuk soddalik – atoqli oʻzbek shoiri Abdulla Oripovning 2024-yilda nashr etilgan toʻrtlik va gʻazallardan iborat toʻplami[1][2]. Toʻplamga kiritilgan ijodiy ishlar 1959—2013-yillar oraligʻida yozilgan. Umumiy hisobda 5000 nusxada nashrdan chiqqan.

Buyuk soddalik
Muallif(lar) Abdulla Oripov
Muharrir(lar)
  • U.Rajabova
  • Ch.Xolmatov
Muqova artist(lar)i A.Yusupov
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i toʻrtlik sheʼrlar, gʻazallar
Nashr etilgan sanasi 2024-yil 10-avgust
Nashriyot Invest book
Sahifalar soni 199
ISBN 978-9910-9276-0-7

Nashr etilishi

tahrir

Toʻplam Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamkorligida chop etilgan. Sheʼrlarni toʻplab, nashrga tayyorlash jarayonlarida shoirning oila aʼzolari, jumladan, rafiqasi Xanifa Mustafayeva hamda qizi Mavluda Oripovalar ishtirok etgan.

2024-yilning sentyabr oyida Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida bir guruh oʻzbek ziyolilari ishtirokida shoirning yangi nashr etilgan „Buyuk soddalik“ hamda „Ummon boʻyidagi oʻylar“ toʻplamining taqdimoti oʻtkazilgan[3].

Toʻrtlik va gʻazallar

tahrir

Umumiy hisobda 420 ta toʻrtliklar hamda 35 ta gʻazallar toʻplamga kiritilgan.

Manbalar

tahrir
  1. Buyuk soddalik, adabiy-badiiy, Toshkent: Invest book, 2024 — 199-bet. ISBN 978-9910-9276-0-7. 
  2. Назокат Усмонова. „Абдулла Ориповнинг “Буюк соддалик” ва “Уммон бўйидаги ўйлар” номли китоблари чоп этилди“. UzA.uz. Qaraldi: 2-dekabr 2024-yil.
  3. „Axborot 24“. O'zbekiston 24. O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi. Qaraldi: 2-dekabr 2024-yil.