Buyurdi taomi
Buyurdi (grekcha: Μπουγιουρντί) — yunon taomi, issiq yegulik yoki meze. Ayniqsa, oshxonasi turk va bolgarlar taʼsiriga uchragan Saloniki yoki Markaziy Makedoniya mintaqasida mashhurdir.
Boujurdi soʻzi dastlab Usmonlilar imperiyasi amaldorining yozma buyrugʻini anglatadi (turkcha: buyurdi)[1]. Bugungi kunda bu rasmiy hujjat, ayniqsa buyruq, odatda yoqimsiz moliyaviy tarkibga ega. Shundan „Soliq idorasidan buyurdi oldingizmi?“ iborasi keng tarqalgan.
Yegulikni birmuncha issiq tortilgani uchun shunaqa nomlashgan. Taom oq feta pishlogʻi, toʻgʻralgan pomidor, bolgar qalampiri, zaytun moyi va yoki, piyoz bilan aralashtiriladi hamda tuyilgan qalampir, oregano bilan ziravorlanadi. Taom, shuningdek, taʼbga koʻra turli xil anʼanaviy yunon pishloqlari, sabzavotlar, koʻkatlar va ziravorlar bilan tayyorlanadi. Feta eritilguncha pechda anʼanaviy kichik sopol idishda pishiriladi; yuqori qismi koʻpincha folga bilan qoplanadi[2][3]. Xushboʻy sousga botirilgan yangi non bilan birga tortiladi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Донесения В.И. Григоровича об его путешествии по славянским землям. – Казань: Типо-Литографія Императорскаго Университета, 1915. – С. 215“. 2021-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-iyun.
- ↑ Μπουγιουρντί[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Γρήγορο μπουγιουρντί“. 2015-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-iyun.