Buyurtma qoʻriqxona
Buyurtma qoʻriqxona (zakaznik) — hudud yoki akvatoriyaning bir qismi. Unda qoʻriqxonadagidek barcha tabiat majmuasi emas, balki uning ayrim elementlari – oʻsimlik, tuproq, hayvonot dunyosi, foydali qazilmalari va boshqa qismlari qonun bilan qoʻriqlanadi va oʻsimlik, hayvonlari koʻpaytiriladi. Buyurtma qoʻriqxona larda nodir, foydali oʻsimlik va hayvonotlar koʻpaytirilib, boshqa joylarga tarqatilishi ham mumkin. Buyurtma qoʻriqxona lar muddatiga koʻra uzoq vaqtga yoki qisqa vaqtga moʻljallangan, muddatsiz boʻladi.
Eng koʻp tarqalgan Buyurtma qoʻriqxona lar: ovchilik, baliq xoʻjaligi, landshaft, oʻrmon, dasht va botqoq Buyurtma qoʻriqxona lari, geologik va gidrologik Buyurtma qoʻriqxona lari va boshqa Tabiiy Buyurtma qoʻriqxona lar, shuningdek tarixiy-memorial ahamiyatga ega boʻlgan hududlarni saqlash uchun taʼsis etilgan Buyurtma qoʻriqxona lar ham mavjud. Dengiz va okeanlarning muayyan qismlari ham Buyurtma qoʻriqxona ga aylantirilishi mumkin. Qoʻriqpanayotgan obʼyektdan kelib chiqqan holda ov qilish, baliq ovlash, yogʻoch kesish, mol boqish, pichan oʻrish va boshqa taqiqlanadi. Buyurtma qoʻriqxona da, odatda, xoʻjalik faoliyati man qilinadi. OʻzRda oʻnga yaqin Buyurtma qoʻriqxona (Abdusamat, Oqbuloq va b.) bor.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |