Buzoqlar sepsisi Kolibacteriosis — yosh hayvonlarning oʻtkir kechadigan yuqumli kasalligi boʻlib, asosan 1-8 kunlik buzoqlarda oq ich ketish, enterit, diareya, septisemiya, tokse-miya, kuchsizlanish tarzida namoyon boʻladi va kutilmaganda oʻlimga olib keladi[1].

Kasallikning iqtisodiy zarari tahrir

Kasallik yosh hayvon-larda birinchi kundan boshlanib, oʻtkir kechganligi uchun 10-20 foiz oʻlim kuzatiladi. Oʻz vaqtida tashxis qoʻyilmagan, davolash va profilaktika ishlari toʻgʻri tashkil qilinmagan xoʻjaliklarda oʻlim toʻxtamaydi va xoʻjalik katta iqtisodiy zarar koʻradi.

Kasallikni sabablari va qoʻzgʻatuvchisi tahrir

Kasallikni Eshericha.Soli guruhiga mansub mikroorganizmlarning asosiy vakili Eshericha.Coli qoʻzgʻatadi. Yosh hayvonlarni saqlash va oziqlantirish sharoiti yaxshimasligi, iqlim oʻzgarishlari, zax, qorongʻi, eski binolarda yosh hayvonlarni saqlash, boʻgʻoz hayvonlarni balansli oziqlantirmaslik, sanitariya

masalalarining talab darajasida emasligi kasallikni kelib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin.

Klinik belgilari tahrir

Yosh hayvonlarda toʻsatdan tana haroratini koʻtarilishi, yurak urishi va nafas olishning tezlashishi, holsizlik bilan namoyon boʻladi. Bundan tashqari tum-

shuqlari quruq boʻlib, koʻz shilliq pardalari qontalashadi. 1-2 kun oʻtgach, septik holatga enterit qoʻshiladi. Ich suvdek ketadi, unga koʻpiksimon, havo pufakchalari aralashgan, oq-koʻkimtir rangda, badboʻy hidli boʻladi. Hazm boʻlmagan sut ich ketganda laxta-laxta suzmasimon boʻlib oʻtadi. Boʻynini yoniga tashlab biqiniga tirab yotadi. Koʻzlar choʻkib, jun oʻzining yaltiroqlik tabiiy holatini yoʻqotadi. Terida yopishqoq ter qotib qoladi va sassiq hid taratadi. Komatoz holat yuzaga keladi va oʻz vaqtida davolanmasa oʻlim kuzatiladi.

Kasallikning aniq tashxisi laboratoriya tekshiruvlari asosida amalga oshiriladi.

Patalogoanatomik oʻzgarishlar tahrir

Oʻlgan hayvon tanasi ozgʻin, orqa chiqaruv teshigi atrofi va orqa oyoqlar axlat bilan ifloslangan, shilliq pardalarda kuchli qonsizlanish, qizarish, qon quyilgan, ingichka ichakda oziq-ovqat qoldiqlarining suyuq, shilimshiq aralashmasi boʻladi.

Davolash tahrir

Kasal hayvonlarni davolashda saqlash va oziqlantirish sharoiti yaxshilanadi. Ogʻiz suti oʻrniga fiziologik eritma yoki achchiq damlangan qora choy sovutib

beriladi. 1 l yuqorida qayd qilingan suyuqliklarga tovuq tuxumini aralashtirib berish yana ham foydaliroq. Antibiotiklarni ishlatishdan avval, ajratib olingan esheri xiyaning ularga sezuvchanligini aniqlab olish shart. Davolash uchun sintomitsin qoʻllaniladi. Birinchi marta 40 mg, keyin har 4-6 soatda 20 mg dan berib boriladi. Biomitsin, terromitsin, tetratsiklin 2-3 marta 15-20 mg dan, kolimitsin 15-20 mg, polimiktsin esa 4 mg miqdorda tavsiya etiladi. Antibiotiklarni sut bilan berish maʼqulroq. Yurak-qon tomirlar faoliyatini yaxshilash uchun kofein, kamforalar qoʻllaniladi. Antibiotiklar va sul`fanilamid preparatlaridan sul`fazol, sul`tsimid, disul`fan, ftolazollarni ham qoʻllash mumkin. Teri ostiga yoki qorin boʻshligʻiga glyukoza-tuzli eritmalarni yuborish suv-tuz almashinish jarayonini ushlab turishga yordam beradi. Chuqur klizma qilib, ichak tozalanadi[2].

Kasallikni oldini olish va qarshi kurashish choralari tahrir

Har qanday kasalliklardan himoyalanish uchun hayvonlarni saqlash sharoiti va oziqlantirish zoogigienik koʻrsatkichlarga mos holda boʻlishi zarur. Tugʻruq davomida va tugʻruqdan keyingi davrda tozalik qoidalariga rioya qilish lozim. Buzoqning kindigiga tugʻruqdan keyin antiseptik eritma yod nastoykasi surish va kindik yalligʻlanishini oldini olish lozim. Buzoqning boshpanasi va tagi toza, qulay boʻlishi ham muhim.

Manbalar tahrir

  1. Мусинов Я.Х., Чалабаев А.Ж.. ВЕТЕРИНАРИЯ АСОСЛАРИ. С А М А Р Қ А Н Д 2 0 1 2 йил. 
  2. Қ.Ж. Шакиров А.И. Амиров. Қорамол касалликлари. “Тасвир” Нашриёт уйи– 2021.