Ich ketishi, ich surishi, diareya — tez-tez ich kelishi bilan kechadigan ichak kasalligi, ichak shilliq qavatining yalligʻlanishi, ichakning harakati, oziq moddalarni soʻrish va shira chiqarish funksiyalari buzilishi natijasida kelib chiqadi. Ich ketishiga koʻpincha ingichka yoki yoʻgʻon ichakdagi yalligʻlanish (kolit) jarayonlari sabab boʻladi. Meʼda va meʼda osti bezi faoliyatining buzilishi (axiliya, pankreatin), avitaminozlar, surunkali zaharlanishlar, nerv regulyatsiyasining izdan chiqishi va boshqalar ham ich ketishiga sabab boʻlishi mumkin. Ichak peristaltikasi (harakati) kuchayganda ich suyulib, tez-tez keladi, chunki ichakdagi suyuqlik tez harakatlanadi va qonga soʻrilib ulgurmaydi. Kishi haddan tashqari hayajonlanganda yoki qoʻrqqanda, shuningdek, ichak peristaltikasini kuchaytiradigan ovqat (sabzavot, hoʻl meva, kepakli non va hokazo) koʻp yeyilganda ich ketadi. Baʼzan meʼdada ovqat yetarli hazm boʻlmaganda, masalan, meʼda osti bezi va jigarning sekret (shira, ut) ishlab chiqarish funksiyasi buzilganda ovqat tuzuk hazm bulmay, ich surishi mumkin.

Turli mikroorganizmlar (masalan, dizenteriya, xelikobakter pilori, ichak tayoqchalari mikroblari) va ularning toksinlari (zaharlari) taʼsirida ichaklar, ayniqsa, ingichka ichak shilliq pardasi yalligʻlanib, koʻpincha ich ketishi ga sabab boʻladi (qarang Enterit). Ich ketishi alohida kasallik boʻlmay, dizenteriya, ovqatdan boʻladigan toksikoinfeksiyalar, ich terlama, paratif, vabo, surunkali ichak yalligʻlanishi (surunkali enterokolit, kolit) kabi bir qator kasalliklar belgisidir. Shu bois ich ketganda darhol vrachga murojaat kilish kerak. Ichak yalligʻlanganda goh bijgʻish (achish), goh chirish (sasish) jarayoni kuchayadi, mas, ingichka ichak yalligʻlanganda bijgʻish, yugʻon ichak yalligʻlanganda chirish ustun buladi. Ich ketishining davosi va parhezi ham shunga qarab belgilanadi.

Mishyak, simob, kislota, ishqor kabilardan zaharlanishda, shuningdek, baʼzi sabablarga kura organizmda hosil boʻlib, unda unlashib qolgan endogen toksinlardan zaharlanishda ich ketishi mumkin (masalan, uremiyada ich ketishi). Gijjalar ham ichakni yalligʻlantirib, ich surishi mumkin.

Ich ketishini toʻgʻri davolash uchun uning sabablarini bilish va ularni bartaraf qilish kerak. Ich ketishining xiliga va sababiga qarab parhez qilishning ahamiyati katta. Mas, ichakda bijgʻish jarayoni ustun boʻlsa, uglevodli ovqatlar (mas, xamir ovqat, shirinlik) cheklanib, asosan, oqsilli ovqat (tvorog, tuxum, gusht yoki baliq) buyuriladi, chirish jarayoni ustun boʻlsa, oqsilli ovqat (ayniqsa goʻsht, tuxum) oʻrniga uglevodli ovqat (shirinlik, pishirib ezilgan sabzavot), hoʻl meva, shovla, shirguruch, shirqovoq va sh.k. ovqatlar buyuriladi. Dorilar va parhez haqida vrachdan maslahat olish ke-rak.

Qoshimcha

tahrir

Diareya Ich ketishi yoki diareya (yunon-diiya harakatlari, rriyo-muddati) - tez-tez defeksatsiya (kuniga 2 martadan ortiq), bunda axlat massasi suyuq. Diareya odatda tezlashtirilgan ichak peristaltikasi bilan bog'liq va bu tez harakatlanish natijasida ichaklar orqali va ichak mahsullarini tezlashtirilgan evakuatsiya qilish natijasida yuzaga keladi. Diareya, shuningdek, ichakda suv va elektrolitlar so'rilishining kamayishi, ichak bo'shlig'iga sekretsiyani kuchayishi va shilimshiqni oshirib yuborishga asoslangan. Agar bu ichak shilliq qavatining yallig'lanishiga olib keladigan bo'lsa, suyuq axlatda turli xil o 'shimchalar paydo bo'ladi. Diareyaning asosiy sabablari quyidagicha. Oshqozon-ichak traktining kasalliklari sekretor etishmovchiligi oshqozon saratoni, oshqozon yarasi, nospesifik kolit, pankreatit, gepatit, jigar sirozi va boshqalar bilan gastrit. Ichak infektsiyalari - dizenteriya, xolera va boshqalar. Disbakterioz. Zaharlanish, jumladan, oziq-ovqat zaharlanishi. Endokrin tizim ķasalliklari- tirotoksikoz, diabet va boshqalar. Metabolik kasalliklar - gipovitaminoz, amiloidoz va boshqalar. Yatrogenik sabablar orasida ichni bo'shashtiruvchi ori vositalari, magneziy tuzlari bo'lgan antasidlar va boshqalar mavjud. Alimentar sabablari - ortiqcha ovqatlanish, shoshilib ovqatni iste'mol qilish,. Psixogen sabablar stressli holatlarda. ayiq kasalligi deb atalishi mumkin; mumkin bo'lgan ertalab diareya - "diareya-signal soatlari". Patalogik jarayonnig joylashish o'rniga ko'ra diareya enteral (enteritda- ingichka ichakning yallig'lanishi) ea kolitik (kolitda- yo'g'on ichakning yallig'lanishi) turlari farglanadi. Enteral diareyada sutkasiga 3-6 marta juda ko'p, suyuq, sariq-yashil tusli ich ketadi. Kolitik diareya uchun sutkasiga 10 marotaba va undan ham ko'proq ich ketishi xarakterli. Najas odatda kam, kichik bo'lakli, ko'pincha shilliq aralash, ba'zi hollarda esa qon aralash ham bo'lishi "tupiksimon", mumkin. Diareya bilan og 'rigan bemorlar parvarishi. Bu birinchi navbatda bemor tanasi, shuningdek yotoq joyi va kiyimini toza saqlashdan iborat. Bemor hojatini unitazda emas, balki shifokor najasni tekshirishi uchun tuvakda bajarishi kerak. Har bir hojatdan so'ng bemorning orqa chiqaruv teshigini atrofi kuchsiz dezenfiksiyalovchi moddalar bilan ohista artish kerak. Uzoq davom etadigan og'i diareya organizmning ko'p miqdorda elektrolitlamni (K, Na, Mg va boshqalar) yo qotishiga, suvsizlanishiga va arterial bosimini tushushiga olib keladi. Shuning uchun hamshira doimo bemor ahvolini, puls sonini, arterial bosimini, bemor qabul qilgan suyuqlik hajmini, bemomning necha marotaba hojatga chiqqanini va najas ko'rinishini kuzatib borishi kerak. Bemor og'irligi har kun o'lchanib, qayd qilib borilishi zarur. Ko'pincha diareyaga turli infeksiyalar sabab bo'ladi. Shuning uchun avvalambor diareya sababchisini yo'qotish kerak. Bunday bemorlarga palatada deraza oldidan joy ajratiladi, bemorga zarur buyumlar qoldiriladi. Bemor palatasi kuniga 2-3 marotaba nam holda tozalanishi zarur. Pol issiq sovunli vasodali suv bilan artiladi, eshik ushlagichi, tualet o'tirg'ichi, unitaz va tualet poli suyuq dezinfeksiyalovchi eritma bilan artiladi. Bu tozalov uchun alohida chelak va lattadan foydalaniladi. Bu chelak va latta ham vaqti vaqti bilan dezinfeksiyalab yoki qaynatib tozalanib turiladi. Bunday bemorlarga tegishli vqat idishlari boshqa bemorlar ovqat ïidishlaridan ajratilgan holda alohida sovun va sodali issiq suvda yuviladi, 15 min qaynatiladi va alohida saqlanadi. Ovqat qoldiqlari ham xlorli ohak bilan 1:2 nisbatda aralashtirib, 1 soatga qoldiriladi va so'ngra zararsizlangandan so'ng kanalizatsiyaga to'kiladi. Agar bemor alohida tuvakdan foydalangan bo'lsa, tuvak dezinfeksiya qilingandan so'ng, qo'shimcha skameyka ustiga, ostiga toza qog'oz qo'ygan holda qo'yiladi. Tuvak har gal almashtirilganda ostidagi qog'oz olib yoqib yuboriladi va o'rniga boshqasi qo'yiladi. Tuvakdagi siydik va najas quruq xlorli ohak bilan 1:2 nisbatda aralashtirib 1 soatga qo'yiladi. So'ngra kanalizatsiyaga to'kib tashlanadi. Bemor buyumlari har kuni dezinfeksiyalovchi moddalar bilan yuvilishi, so'ngra kamida 15 minut qaynatilishi zarur. Iflos choyshablar alohida yig'iladi va sovun-sodali suv solingan bakka 15 minutga solib qo'yiladi. Najas tekkan choyshablar suv bilan yuvilib, quruq xlorli ohak solingan idishga soat solib qo`yiladi. Bemorga qarovchi hamshira ham yuqoridagi tozalov ishlarini bajarganda ustiga xalat kiyishi, gigienik qoidalarga rioya etishi zarur. Tozalov ishlari tugagach albatta qo'lini. sovunlab yuvib, zararlangan xalatni yechishi, oyoq kiyimini dezinfeksiyalovchi moddalar bilan artishi zarur. Hamshira diareya bo'lgan bemorga har kuni kamida 1,5-2 1 suyuqlik,ya'ni limon choy , na'matak qaynatmasi yoki chernik sokidan ichib turishi lozimligini tushuntirishi zarur.


Oldini olish

tahrir

Tartib bilan toʻgʻri ovqatlanish (ovqatni har kuni maʼlum soatlarda, shoshmasdan, meʼyorida yeyish), oziq-ovqatni buzilishi va ay-nishidan saqlash, ovqatni yaxshilab pishirish muhim. Hayajonlanish, qoʻrqishdan kelib chiqadigan (nevrogen) ich ketishining oldini olish uchun nerv sistemasini chiniqtirish kerak. Meʼda faoliyatining buzilishidan kelib chiqadigan ich ketishining oldini olish uchun meʼda kasalliklarini davolatish va oldini olish zarur. Qoʻl, idish-tovoqni toza tutish, ogʻrigan tishni oʻz vaqtida davolatish kabi shaxsiy profilaktika choralari koʻriladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • Qosimov E. Y. va b., Ichki kasalliklar propedevtikasi. Toshkent, 1996.
  • Yoʻldoshev K. Y. va b., Xronik kolitlar va yoʻgʻon ichak diskineziyalari, Toshkent, 1989.
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000.
  • MED24. Diareya - kasallik belgilari, diagnostika va davolash.