Meʼda osti bezi — odam va hayvonlardagi yirik bez. Anatomik-fiziologik xususiyatlariga koʻra, tashqi (ekzokrin) va ichki (endokrin) sekretsiya bezi; pankreatik shira hamda insulin va glyukagon gormonlarini ajratadi; ular bevosita qonga oʻtib, uglevod hamda yogʻlar almashinishini boshqaradi; ovqat hazm qilishda ishtirok etadi. Meʼda osti bezi murakkab tuzilgan aralash bezlar turkumiga kiradi. U kattaligi jihatdan jigardan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Qorin boʻshligʻida, meʼda orqasida, oʻn ikki barmoq ichakka yaqin (qarang Ichak), bel umurtqalarining qarshisida koʻndalang joylashgan. Uzunligi 12—18 sm, vazni 70—80 g atrofida, bezning biriktiruvchi toʻqimadan iborat kapsulasi juda nozik. Bez hujayralari meʼda shirasiyai ajratadi. Meʼda osti bezining chiqaruv yoʻllari yiriklashib va bir-biriga qoʻshilib borib, bosh chiqaruv yoʻliga quyiladi, bu yoʻl bez boʻylab borib, umumiy oʻt yoʻli bilan birga oʻn ikki barmoq ichakka ochiladi. Meʼda osti bezi b. kasalliklaridan pankreatit, oʻsma hosil boʻlishi, insulin ishlab chiqarilishi buzilganda qandli diabet kuzatiladi.[1]

(1) Meʼda (2) Oʻt pufagi (6) Meʼda osti bezi

Yana q.

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil