Pankreatin
Pankreatin (INN : Pankreatin) — oshqozon osti bezi tomonidan ishlab chiqariladigan ovqat hazm qilish fermenti. Uning tarkibiy qismi boʻlgan oshqozon osti bezi fermentlari — amilaza, lipaza va proteaza — uglevodlar, yogʻlar va oqsillarni hazm qilishda ishtirok etadi. Oshqozon-ichak trakti kasalliklarida va notoʻgʻri ovqarlanishlarda qoʻllanadi. U turli xil savdo nomlari ostida ishlab chiqariladi. Ular Biofestal, Normoenzym, Ferestal, Festal, Enzistal, Pancreoflat, Biozym, Vestal, Gastenorm, „Kreon“, „Mezim“, „Mikrazim“, „Panzim“, „Pankreatin-Belmed“, „Panzinorm“, „Pankreazim“, „Pankrelipaz“, „Pankrenorm“, „Pantsitrat“, „Penzital“, „Uni-Festal“, „Enzibene“, „Ermital“, „Evenzim“[1][2]. Lipazaning birlikdagi miqdoriga qarab har xil dozalarda chiqariladi.
Xususiyatlari
tahrirChoʻchqa va qoramollarning oshqozon osti bezidan olingan ferment preparat hisoblanadi. Suvda kam eriydi.
Oshqozonning kislotali muhitida pankreatin tezda faolligini yoʻqotadi. Ichakda pH = 5,5 da faollashadi[2].
Tasniflash
tahrirOshqozon osti bezi fermentlarini oʻz ichiga olgan preparatlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
- Tarkibi boʻyicha. Ham sof pankreatin, ham qoʻshimcha moddalarni oʻz ichiga olgan holda ishlatilishi:
- pankreatin va oʻt haydovchi vosita;
- pankreatin, safro komponentlari, gemiselluloza;
- pankreatin va guruch qoʻziqorini ekstrakti;
- kombinatsiyalangan fermentlar.
- Oshqozonning xlorid kislotasiga chidamliligi boʻyich: Preparatning samaradorligini belgilaydi (oshqozonning kislotali muhitida pankreatin oʻz faolligini yoʻqotadi).
- Preparat zarrachalarining hajmiga koʻra turlari:
- oddiy tabletkalar;
- mikrogranulyar shakllari (kislotaga chidamli mikrosferalar yoki diametri 2 mm dan kam boʻlgan mikrotabletlarni oʻz ichiga olgan jelatin kapsulalari shaklida ishlab chiqariladi).; Baʼzi brendlarni taqqoslash[2]
Savdo nomi | Lipaza, ED | Diametri | Boshqa komponentlar |
---|---|---|---|
Kreon | 10000, 25000, 40000 | 2 mm dan kam | |
Panzinorm | 10000, 20000 | 2 mm dan kam | |
Mikrazim | 10000, 25000 | 2 mm dan kam | |
Mezim-forte | 3500, 10000, 20000 | 2 mm dan ortiq | |
Penzital | 6000 | 2 mm dan ortiq | |
Digestal | 6000 | 2 mm dan ortiq | safro, gemiselluloza |
Festal | 6000 | 2 mm dan ortiq | safro, gemiselluloza |
Ermital | 10000, 25000, 36000 | 2 mm dan kam | |
Enzistal | 6000 | 2 mm dan ortiq | safro, gemiselluloza |
Koʻrsatmalar
tahrirOshqozon osti bezining ekzokrin funksiyasining yetishmovchiligi (surunkali pankreatit). Oshqozon-ichak, jigar, oʻt pufagining surunkali yalligʻlanish-distrofik kasalliklarida va bu organlarning rezektsiyasi yoki nurlanishidan keyingi holatlarda, ovqat hazm qilish buzilishi, meteorizm, diareyada qoʻllanilad. Notoʻgʻri ovqatlanish va chaynash funksiyasining buzilishlarida ham ovqat hazmini yaxshilash uchun bu preparat buyuriladi[3].
Qoʻllanilishi va dozalash
tahrirDozalash meʼda osti bezi yetishmovchiligi darajasiga qarab individual ravishda belgilanadi. Preparat kattalarda 1-4 tabletkadan har bir ovqatlanishdan keyin qoʻllanadi. Tabletkalarni ovqat paytida yoki undan keyin ogʻiz orqali, chaynamasdan, koʻp suyuqlik bilan qabul qilish tavsiya etiladi. Kundalik doza 6-18 tabletkani (48000-150000 IU FIP) tashkil etadi. Oshqozon osti bezi funksiyasi toʻliq yetishmovchiligida (masalan, mukovissidozda) dozani kuniga 49 tabletkagacha (400 000 IU FIP) oshirish mumkin. Bu kattalarning lipazga boʻlgan kunlik ehtiyojiga mos keladi. Davolash kursi bir necha kundan (notoʻgʻri ovqatlanish tufayli ovqat hazm qilish funksiyasining buzilishlarida), bir necha oy va hatto yillargacha davom etishi mumkin[3].
Samaradorligi
tahrirFerment preparatlarining samaradorligi chiqarilish shakliga (mikrosferalar / mikrotabletlarga ega tabletkalar yoki kapsulalar), zarrachalar hajmiga (2 mm dan kam), oshqozonning kislotali muhitiga chidamliligiga va oʻn ikki barmoqli ichakdagi fermentlarni chiqarish tezligiga bogʻliq. Ekzokrin pankreatik yetishmovchilikni davolash uchun (soʻnggi tavsiyalarga koʻra) mikrosferalarni oʻz ichiga olgan kapsulalar tavsiya etiladi.
Nojoʻya taʼsiri
tahrirFoydalanishda yuqori sezuvchanlik reaksiyasi juda kamdan-kam hollarda boʻlishi mumkin. Preparatning yuqori dozalarini uzoq muddat qoʻllash giperurikozuriyani paydo boʻlishi mumkin. Ichak tutilishi, ingichka ichakning strikturasi belgilari paydo boʻlishi ham mumkin[3][4].
Saqlash sharoiti
tahrirQuruq, qorongʻi joyda, 25 °C dan past haroratda saqlanishi kerak[5].
Manbalar
tahrir- ↑ „Панкреатин (Pancreatin): инструкция, применение и формула.“. rlsnet.ru. 2009-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-mart 2012-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Sablin O. A., Butenko Ye. V. Fermentnie preparati v gastroenterologii // Consilium-Medicum. — 2004. — Tom 6. — № 1. Gastroenterologiya.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Мезим. Описание препарата.“. webapteka.ru. Qaraldi: 7-avgust 2011-yil.
- ↑ Pankreatin (Pancreatinum)- opisanie veщestva, instruksiya, primenenie, protivopokazaniya i formula
- ↑ Pankreatin (Pancreatin) — instruksiya po primeneniyu, sostav, analogi preparata, dozirovki, pobochnie deystviya
Havolalar
tahrir- Mezim® forte preparatini qoʻllash boʻyicha koʻrsatmalar (Wayback Machine saytida 27-oktabr 2020-yil sanasida arxivlangan)