Lipaza, lipazalar (yun. lipos — yogʻ) — gidrolazalarga mansub fermentlar; glitserin va erkin yogʻ kislotalariga qadar triglitseridlarning parchalanishini katalizlaydi. Hayvon va odam ichagi devorida (ichak L.si), meʼda osti bezi shirasida (pankreatik L.), qon plazmasida (lipoproteidlipaza), shuningdek, baʼzi oʻsimliklarning urugʻlarida va vegetativ organlarkda, mikroorganizmlarda boʻladi. Farmakologiyada, oziq-ovqat sanoati va koʻnchilikda L.dan foydalaniladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil