Buzuqlik (mashinasozlikda) — texnik qurilmalarning loaqal bitta yoki qoʻshimcha parametrlari belgilangan texnik hujjatlarda koʻrsatilgan talablarga moye kelmaydigan holati. Ishlamay qolishlik yoki shikastlanish natijasida qurilma B. holatiga oʻtadi. Asosiy parametrlardan kamida bittasi ruxsat etilgan chegaradan chiqqanda qurilmaning shikastlanishi natijasida u faqat qoʻshimcha parametrlar boʻyicha texnik talablarga moye kelmaydigan boʻlsa, qurilma ishlash qobiliyatini yoʻqotmasligi ham mumkin. Masalan, radiopriyomnikning asosiy parametrlari berilgan chegarada boʻlib, shkalani koʻrsatadigan lampochkasi kuysa, u ishlayveradi. B. taʼmirlash (tuzatish) orqali bartaraf qilinadi. BUI (buyey, chjunszya, oʻzlarini yoy deb ataydilar) — Janubiy Xitoydagi xalq. Aholisi 2,7 mln.dan ziyod kishi (90-yillar oʻrtalari). Tay tilida gaplashadilar. Dindorlari — buddaviylar, xristianlar ham bor. Asosiy mashgʻulotlari dehqonchilik (sholikorlik).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil