Bxilai, Bxilainagar — Hindistonning MadhyaPradesh shtatidagi shahar, DurgBxilainagar shahar aglomeratsiyasi tarkibida. B. yirik metallurgiya markazi, katta metallurgiya kombinati qurilgan. Kt mahalliy temir va marganes rudalari, Korba va Damodar vodiysidan qazib chiqariladigan toshkoʻmir asosida ishlaydi. Mineral oʻgʻitlar zavodi bor.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil