Byornxem, Byornem (Burnham) Jeyms (1905.22.11, Chikago1987) - amerikalik sotsiolog, boshqaruv inqilobi nazariyasining mualliflaridan biri. NyuYork unta professor (1929—53). B. fikricha, hozirgi dunyoda tashkilotchilar (oliy muhandislar, maʼmurlar va boshqaruvchilar)dan iborat yangi hukmron sinf yuzaga kelmoqdaki, u butun jamiyat manfaatlari yoʻlida boshqaruv ishlarini amalga oshira oladi. B. oʻz asarlarida marksizm va sotsializmni tanqid qilgan.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil