Byudjet tizimi
Byudjet tizimi — davlat, maʼmuriy hudud, baʼzi (mustaqil byudjetli) muassasalar byudjetlarining iqtisodiy munosabatlar va huquqiy meʼyorlarga asoslangan majmui. Oʻzbekistonda Byudjet tizimi davlat byudjeta, Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, mahalliy (viloyat, shahar, tuman va boshqalar) byudjetlardan tarkib topadi. Shuningdek davlat ijtimoiy sugʻurta byudjeti ham davlat byudjeti tarkibiga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasida Byudjet tizimi masalalari "Byudjet tizimi toʻgʻrisida" qonun (2000-yil, 14 dekabr) bilan tartibga solinadi. Davlat byudjeti parlament tomonidan (Oʻzbekistonda Oliy Majlis), viloyat, shahar, tuman va boshqalarda tegishli xalq deputatlari kengashi sessiyasida tasdiqlanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |